O‘zbekiston mahsulotlari eksport qilinadigan mamlakatlar soni 85 taga yetdi
Ispaniyaning El Mundo Financiero onlayn nashrida "2017-2023 yillarda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2,4 barobar oshdi" sarlavhali maqola e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz
"2023 yilda O‘zbekiston meva-sabzavot, qimmatbaho metallar, to‘qimachilik, mis mahsulotlari, avtomobil butlovchi buyumlarini xorijga eksport qildi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston tashqi savdosi barqaror o‘sish sur’atlarini ko‘rsatmoqda", – deyilgan maqolada.
Bundan tashqari, O‘zbekiston jahon bozorida bir qator mahsulotlar bo‘yicha salmoqli qiyosiy ustunlikka ega. Chunonchi, sof paxta iplari eksporti boshqa mamlakatlardagi ko‘rsatkichlardan 172 foizga, ipak gazlamalar 85 foizga, molibden 79 foizga, bug‘doy unidan 65 foizga, uzum mahsulotlari 39 foizga ko‘p.
Qayd etilishicha, 2023 yilda O‘zbekiston o‘z eksporti geografiyasini sezilarli darajada kengaytirib, 10 dan ortiq yangi bozorlarga, jumladan, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Singapur, Kolumbiya va Indoneziyaga chiqdi. Shu tariqa, O‘zbekiston mahsulotlari eksport qilinadigan mamlakatlar soni 85 taga yetdi.
2024 yil boshidan buyon O‘zbekistonda yetishtiriladigan meva-sabzavot mahsulotlariga, shuningdek, ulardan tayyorlanadigan turli sirop va sharbatlarga talab yuqori bo‘ldi. Mahsulotlar ayniqsa Buyuk Britaniya, Hindiston, Kanada, AQSh, Tailand va Avstraliya kabi mamlakatlarga faol eksport qilinmoqda.
Mavzuga oid

11:57
Rossiyadan O‘zbekistonga qoramol eksporti hajmi oshdi

10:24 / 22.04.2025
O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga o‘rik danagi mag‘zi eksporti yo‘lga qo‘yildi

16:07 / 18.04.2025
1 iyuldan birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmasligi e’lon qilindi

14:13 / 17.03.2025