Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyo aholisi 2023 yilda oldingidan 1 oy ko‘proq issiqni boshdan kechirdi – tadqiqot
Global isish boshlanishidan oldin odamlar yiliga 26 kun kamroq anomal issiq kunlarni his qilgan. Noodatiy issiq kunlar ko‘payishining asosiy sababi yonilg‘i ekani ma’lum qilindi.

Foto: Jose Sarmento Matos
Dunyo aholisi 2023 yilda global isish boshlanmasidan oldingi yillardan 26 kunga ko‘proq anomal issiq kunlarni boshdan kechirgan. Bu haqda Climate Central, Qizil Xoch, Qizil Yarim Oy iqlim markazi va World Weather Attribution mutaxassislarining 28 maydagi tadqiqotida ma’lum qilingan.
O‘tgan 12 oy harorat o‘lchash boshlangandan beri eng issiq oylar bo‘ldi. Bunga asosiy sabab yonilg‘idan foydalanish ekani aytilgan. Shuningdek, atrof-muhitni eng ko‘p ifloslayotgan resurs ham yonilg‘i. Dunyoning deyarli 80 foiz aholisi o‘tgan maydan beri kamida 31 kunlik noodatiy issiqni aynan inson faoliyati sabab his qilishgan, deyapti tadqiqotchilar. Iqlimni matematik modellashtirishdan foydalangan holda taxmin qilinishicha, insoniyat yerga ta’sir qilmaganda noodatiy issiq kunlar soni ancha kam bo‘lar edi.
Anomal jazirama kunlar soni geografik jihatdan farq qiladi. Bu ayrim joylarda 2-3 haftaga to‘g‘ri kelsa, Kolumbiya, Ruanda va Indoneziyada 120 kungacha yetgan.
Hisobot mualliflari ma’lum bir lokatsiyadagi kunlarning haroratini tanlab olgan. Ularda harorat 1991 va 2020 yillar oralig‘ida qayd qilingan kunlik haroratning 90 foizidan oshib ketsa, yuqori darajada anomal deb qaralgan.
Hisobotda aytilishicha, o‘rtacha amerikalik o‘tgan may oyidan beri iqlim o‘zgarishi natijasida 39 kun shunday haroratni boshdan kechirgan. Agar inson faoliyati aralashmaganda bu raqam 19 kunga kamayishi mumkin edi.
Issiq kunlar ayrim joylarda insonlar o‘limi, infratuzilma va sanoatning buzilishiga olib kelgan. Tadqiqotchilar o‘tgan yil davomida Antarktidadan tashqaridagi qit’alarda qariyb 90 ta davlatda shunday holatni qayd etdi. 2023 yil bahorida Hindistonda, yozida Shimoliy Amerika, Yevropa va Sharqiy Osiyoda o‘rmon yong‘inlarini yomonlashtirgan va elektr tarmoqlarini ishdan chiqaradigan harorat bo‘lgan. Bu yil esa Afrikadan Yaqin Sharqgacha va Janubi-Sharqiy Osiyoda haddan tashqari isish kutilyapti.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh aeroportlarida tekshiruvdan o‘tishda poyabzal yechish talabi bekor qilindi
Jahon | 18:03
-
Tayvanda Xitoyning ehtimoliy hujumiga qarshi tarixdagi eng katta harbiy mashqlar boshlandi
Jahon | 17:44
-
Turkiyada Erdo‘g‘anni haqorat qilgani uchun Grok sun’iy intellekti bloklandi
Jahon | 17:42
-
Issiq havo Yevropada o‘lim holatlari sonini uch baravarga oshirdi
Jahon | 17:41
Mavzuga oid

10:37 / 12.06.2025
Dunyodagi mojarolar soni 1946 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi

18:47 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi

13:18 / 12.05.2025
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi

18:43 / 08.05.2025