Bu yil OTM va professional ta’lim muassasalariga qabul hamda imtihon birga bo‘ladi
2024 yil OTMga qabuldagi yirik o‘zgarishlardan biri OTM va professional ta’lim muassasalariga qabulning bir vaqtda o‘tkazilishi bilan bog‘liq. Endi abituriyent bir marta imtihon topshiradi va to‘plagan balli bilan OTMga yoki professional ta’lim muassasasiga kirishi mumkin.

Qabulga oid prezident farmonida abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan ballidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi, deb belgilangan.
Bilimlarni baholash agentligi mas’ul xodimi Jamshidbek Odilov bu tartibning qanday ishlashi haqida tushuntirib berdi.
Uning tushuntirishicha, bu OTM va professional ta’lim muassasalariga qabul va imtihonlar bir vaqtda amalga oshirilishini anglatadi. Abituriyent hujjat topshirish payti faqat imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi va test topshiradi.
So‘ng to‘plagan balliga qarab xohlasa ikkinchi bosqichda OTM va yo‘nalish tanlab ro‘yxatdan o‘tadi. Balli yetsa, OTMda o‘qishni tanlashi yoki o‘sha balli asosida professional ta’lim muassasalaridan birini tanlashi mumkin.
“Oldingi yillardagi tajribada texnikum imtihonlariga ham, asosan, OTMlarga imtihon topshirgan va yiqilgan yoki kontrakt muammosi sabab o‘qiy olmagan abituriyentlar qaytadan qatnashardi. Shuning uchun ham OTM va professional ta’lim muassasalariga imtihonni bitta qilish taklifi berilgandi va bu tasdiqlandi.
Endi abituriyent imtihonda qatnashib, istasa, qabulning 2-bosqichida OTM yo‘nalishlarini tanlashi yoki aynan o‘sha balli bilan professional ta’lim tashkilotiga qabul ochilganda yo‘nalish tanlashi mumkin. Bunda OTMga balli yetmagan abituriyentlar texnikumlar tanlovida qatnasha oladi.
Jamshid Odilovning aniqlik kiritishicha, abituriyentlar uchun professional ta’lim tashkilotlariga qayta imtihon o‘tkazilmaydi. Abituriyent yo‘nalish tanlayotganda buni e’tiborga olishi zarur.
Tavsiya etamiz
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moskva davlat universitetining Toshkent filialida 2025/26 o‘quv yili uchun qabul boshlandi
Jamiyat | 19:00
-
Mutaxassislar Apple, Google va Telegram'ning 16 milliard paroli sizib chiqqani haqida xabar berdi
Jahon | 18:59
-
Transport vositalarini nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojiga moslashtirish xarajatlari qoplab beriladi
O‘zbekiston | 18:29
-
Prezident Yakkabog‘dagi «Yangi O‘zbekiston» massivini ko‘zdan kechirdi
O‘zbekiston | 18:17
Mavzuga oid

17:14 / 11.06.2025
Imtihon javoblarini 5 ming so‘mdan sotgan maktab o‘qituvchisi ishdan olindi, direktorga esa ta’sir chorasi qo‘llandi

11:14 / 11.06.2025
Qashqadaryoda maktab o‘qituvchisi bitiruvchilarga imtihon javoblarini sotgani aytilmoqda

23:11 / 18.04.2025
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda

20:18 / 27.03.2025