Qashqadaryoda maktab o‘qituvchisi bitiruvchilarga imtihon javoblarini sotgani aytilmoqda
Holat Ko‘kdala tumanidagi 35-maktabda bo‘lgan. Ona tili va adabiyot o‘qituvchisi 11-sinf o‘quvchilariga shu fandan o‘tgan imtihon javoblarini 5 ming so‘mga sotishga uringan. Bu haqda sinfxonada bo‘lgan o‘quvchilardan biri xabar berdi.

Foto: Videodan kadr
Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanidagi 35-maktab o‘qituvchisi bitiruvchilarga ona tili va adabiyot fanidan bo‘lib o‘tgan imtihonning javoblarini sotishga uringani aytilmoqda.
Bu haqda sinfxonada voqea guvohi bo‘lgan o‘quvchilardan biri o‘zining YouTube sahifasiga joylagan videosi orqali xabar bermoqda.
Ammo videoda aynan testlarning javobi sotilayotganiga oid biror so‘z aytilmagan. O‘qituvchi 6 varaqning narxi 5 ming so‘mligini bildirgan.
“Yo‘q, men “kserokopiyachi”ga eltib beraman, meniki emas, taxlab qo‘yibdi, shahar markazi atrofidan sotvolib olib ketyapti, men ham sotib oldim. To‘g‘risini aytaman, nima keragi bor? Men “qaytarib pulini olib kelib beraman sota olmasam” dedim, mayli deyishdi”, – degan u.
Kun.uz holatga aniqlik kiritish maqsadida video muallifi bilan bog‘landi. uning aytishicha, voqea 28 may kuni ona tili va adabiyot fanidan o‘tgan imtihonda bo‘lgan. “Shunda o‘qituvchi imtihon javoblarini o‘quvchilarga sotdi”, – dedi u.
Tahririyat ayni holat haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga xabar bergandi. Shunga ko‘ra, vazirlikning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi 9 iyun kuni o‘rganishlar boshlanganini ma’lum qildi.
Ammo hozircha qo‘shimcha axborot berilmadi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

12:20 / 01.07.2025
Prezident maktablari kirish imtihonlari birinchi bosqichi 6 iyulda bo‘lib o‘tadi

19:47 / 24.06.2025
Nodavlat OTMlarda qabul yilda ikki marta o‘tkazilishi mumkin

10:25 / 24.06.2025
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir

12:17 / 19.06.2025