Rossiyada general-mayor Ivan Popov firibgarlikda gumonlanib hibsga olindi
Rossiyada general-mayor Ivan Popov firibgarlikda gumonlanib hibsga olindi. U 58-armiyaga qo‘mondonlik qilgan.

Ivan Popov Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi
Rossiya Qurolli kuchlari 58-gvardiya umumqo‘shin armiyasining sobiq qo‘mondoni, general-mayor Ivan Popov katta hajmdagi firibgarlikda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda 21 may, seshanba kuni huquq-tartibot idoralariga tayanib, TASS agentligi xabar berdi.
«Dva mayora» Telegram-kanaliga ko‘ra, Popov 17 may kuni uyushgan guruh tomonidan yoki katta miqdordagi firibgarlik (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi) ishi bo‘yicha hibsga olingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 49 yoshli general-mayor istehkomlar qurish uchun mo‘ljallangan 200 tonnaga yaqin metall buyumlarni sotib yuborgan. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, zarar miqdori 100 million rubldan oshadi. Bu ishda Popovdan tashqari yana ikkita ayblanuvchi bor – Krasnodar o‘lkasidan bo‘lgan tadbirkor va Janubiy harbiy okrug zobiti, deb yozadi Telegram-kanal.
Dpa agentligining ta’kidlashicha, 2023 yilning iyul oyida Popov armiya qo‘mondonligidan chetlashtirildi. General-mayor Rossiya Mudofaa vazirligini tanqid qilgan.
Rossiyada yuqori martabali harbiylarning hibsga olinishi
13 may kuni Rossiya Mudofaa vazirligining kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, general-leytenant Yuriy Kuznetsov Moskvada ushlandi, bir kundan keyin esa hibsga olindi. U juda katta miqdorda pora olganlikda ayblanmoqda, buning uchun 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Kuznetsovning uyidan 100 million rubl, oltin tangalar va qimmatbaho buyumlar topildi, deb xabar berdi Rossiya Tergov qo‘mitasi. 14 may kuni xuddi shu ish bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkor Leva Martirosyan juda katta miqdorda pora bergani uchun hibsga olingan edi.
24 aprel kuni Moskvaning Basmanniy sudi Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanovni o‘ta yirik miqdorda pora olganlikda ayblab, ikki oy muddatga tergov izolyatoriga jo‘natdi. Xuddi shu kuni Ivanov lavozimidan chetlatildi. Bir kundan keyin sud Ivanov va uning qarindoshlarining ko‘chmas mulki, aktivlari va bank hisobraqamlarini xatlovga oldi. Xuddi shu ish yuzasidan yana ikki nafar sudlanuvchi hibsga olingan.
Oliy harbiy rahbarlikdagi o‘zgarishlar
12 may kuni Rossiyaning yangi hukumatida Vladimir Putin mudofaa vaziri lavozimiga Sergey Shoygu o‘rniga hukumat raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Andrey Belousovni tayinlashni taklif qilgani ma’lum bo‘ldi. Shu bilan birga, Shoygu Putinning farmoni bilan Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimiga tayinlandi.
20 may kuni Putin ilgari Hisob palatasi auditori bo‘lib ishlagan Oleg Savelevni Rossiya Mudofaa vazirligi rahbari o‘rinbosari etib tayinladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil Eronning energiya infratuzilmasiga zarba berdi
Jahon | 22:25
-
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi
Jahon | 21:33
-
AQShda demokrat siyosatchilarga hujum uyushtirildi, ulardan biri vafot etdi
Jahon | 21:27
-
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Tel-Avivga parvozlarni to‘xtatdi
O‘zbekiston | 21:18
Mavzuga oid

13:20 / 21.05.2025
OAV: Urush boshidan beri Rossiya armiyasidan 49 ming kishi qochgan bo‘lishi mumkin

01:15 / 01.05.2025
NATO razvedkasi: Rossiya armiyasiga har oy 30-40 ming kishi yollanmoqda

15:09 / 24.04.2025
General Popov 5 yilga qamaldi

17:52 / 19.04.2025