Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Rulda sudya bo‘lganini ko‘rganlar bor” – Denovda YTHda halok bo‘lgan advokatning yaqinlari
Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudi raisi Kamoliddin Murodovning vakolatlari u advokat tanishi bilan YTHga uchrashi ortidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijalari bo‘yicha muddatidan oldin tugatildi. Uning Sudyalar oliy kengashiga yozgan shikoyat arizasi esa rad etildi. Halok bo‘lgan advokatning yaqinlariga ko‘ra, YTH sodir bo‘lgan paytida mashina boshqaruvida sudya bo‘lganligini ko‘rgan guvohlar bor.

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida sud raisi va advokat YTHga uchradi. Buning oqibatida advokat og‘ir tan jarohati olib, vafot etgan.
Marhumning yaqinlari tahririyatga murojaat qilib, YTHga uchragan Lacetti mashinasi rulida sud raisi bo‘lganligini, buni hodisaga guvoh bo‘lgan shaxslar ko‘rganligini bildirishdi.
“Kamoliddin Murodov va ukam bir-birlari bilan yaxshi tanish edi. Voqea sodir bo‘lgan kuni sud raisi o‘z xizmat mashinasida ukamning uyiga kelgan. Keyin ular ukamga tegishli Lacetti mashinasida qayergadir chiqib ketishgan.
Ortga qaytishda mashina yo‘ldan chiqib ketib, daraxtga urilgan. Buning oqibatida ukam halok bo‘ldi. Guvohlarning aytishicha, YTH paytida mashina rulida sudya bo‘lgan, advokat ukam esa old yo‘lovchi o‘rindig‘i tomondan tashqariga otilib chiqib ketgan. Albatta, rulda kim bo‘lganligi tergov jarayonida aniqlanadi. Biz haqiqat qaror topishi tarafdorimiz. Sababi, ukamning to‘rt farzandi yetim qoldi”, deydi marhum advokatning opasi.
Advokat yaqinlarining qo‘shimcha qilishicha, sud raisi Kamoliddin Murodov bo‘lib o‘tgan voqealardan so‘ng marhumning yaqinlaridan xabar olmagan, ta’ziya bildirib, uzr so‘ramagan.
Kamoliddin Murodov YTHdan so‘ng 2024 yil 11 mart kunidan 22 mart kuniga qadar “Yevro-Med” sog‘lomlashtirish maskani travmatologiya bo‘limida davolanib chiqqan.
Avvalroq e’lon qilingan xabarda Sudyalar oliy kengashi matbuot kotibi Tursunali Akbarov Kun.uz so‘roviga javoban mazkur voqelik shu yilning 9 mart (dam olish kuni) kuni sodir bo‘lganligini, u bo‘yicha Kengash tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilganligini, YTH kimning aybi bilan sodir etilgani, mashina boshqaruvida kim bo‘lganiga tergov yo‘li bilan aniqlik kiritilishini bildirgandi.
O‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijalari Surxondaryo viloyat sudlari sudyalari malaka hay’atida muhokama qilinib, jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudi raisining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandi. Mazkur qarorga nisbatan sud raisining Sudyalar oliy kengashiga kiritgan shikoyati esa rad qilingan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06
-
Renault Fransiya prezidenti uchun zirhli Rafale ishlab chiqardi
Fan-texnika | 17:31
-
Uzum ta’minotchilar uchun sahifani ishga tushirdi
O‘zbekiston | 16:50
-
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi
Jahon | 15:27
Mavzuga oid

19:53 / 03.07.2025
Yangiariqda ushlangan sudya ishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

16:57 / 30.06.2025
Denov tuman sudi sobiq raisi 5 yilga qamaldi

14:12 / 25.06.2025
Xorazmda fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi. Xatolikka yo‘l qo‘ygan sudyalarga “hayfsan” berildi

13:49 / 18.06.2025