Surxondaryoda kuzatilgan kuchli sel oqibatida 360 bosh qo‘y nobud bo‘ldi
Sherobod tumanida kuchli sel oqibatida 360 bosh qo‘y nobud bo‘ldi. Qo‘ylardan har xil kasalliklar tarqalmasligi uchun ular dezinfeksiya qilib ko‘milgan.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir gala qo‘ylar jasadini yuk mashinasidan chuqurlikka to‘kib ketilayotgani bo‘yicha xabar e’lon qilindi. Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 29-30 aprel, 1 may kunlarida yog‘ingarchilikning ko‘p bo‘lishi oqibatida Sherobod tumanining Bog‘iobod mahallasi hududiga kuchli sel kelgan.
Oqibatda mahalladagi qishloqqa adirlikdan kelgan kuchli sel qo‘radagi 360 bosh qo‘yni nobud qilgan.
Murojaatda ko‘rsatilgan hududda hozirda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi tomonidan vaziyat nazoratga olinib, nobud bo‘lgan qo‘ylardan har xil kasalliklar tarqamasligi uchun ular dezinfeksiya qilib ko‘milgan.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstriya O‘zbekistonda agroklasterlar tashkil etishga tayyor
O‘zbekiston | 14:46
-
2026 yildan davlat xizmatiga ilk marta qabul qilinganlar bilan faqat bir yillik mehnat shartnomasi tuziladi
O‘zbekiston | 14:42
-
O‘zbekistonda tashqi qarz olish limitlariga rioya qilish kerak – XVJ
Iqtisodiyot | 14:40
-
Tbilisi-Toshkent yo‘nalishidagi samolyot uchish aeroportiga favqulodda qaytib qo‘ndi
O‘zbekiston | 14:20
Mavzuga oid

12:36
To‘rtta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

20:33 / 12.06.2025
Zominning bir qator hududlariga sel keldi

21:16 / 11.06.2025
Boysunda vodorod sulfidi gazi miqdori me’yordan oshmagan – Ekovazirlik

19:41 / 10.06.2025