Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qimachilik va tikuv-trikotaj yo‘nalishidagi tadbirkorlarda soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi
To‘qimachilik sanoat zonalari direksiyalari va ularda tashkil etiladigan korxonalar mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod etiladi.

«To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan va respublikada ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan ro‘yxat bo‘yicha import qilinadigan xomashyo va boshqa materiallar, butlovchilar va ehtiyot qismlar 2027 yil 1 yanvargacha bojxona bojidan ozod qilinadi.
2024 yil 1 maydan 2026 yil 1 maygacha «A» va undan yuqori toifadagi to‘qimachilik va tikuv-trikotaj yo‘nalishidagi tadbirkorlarda soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi (jinoiy ishlar doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno), shuningdek, QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) 1 kun muddatda tekshiruvlarsiz amalga oshiriladi.
Toshkent shahrida va bosqichma-bosqich hudud markazlaridagi yirik savdo komplekslarida «O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan» (Made in Uzbekistan) brendi ostida milliy mahsulotlar do‘konlari tashkil qilinadi.
Farmonga ko‘ra, gazlama, trikotaj mato ishlab chiqarish va bo‘yash hajmini oshirish uchun infratuzilmaviy va moliyaviy shart-sharoitlar yaratish orqali ip-kalavani qayta ishlash darajasi 2027 yil yakunigacha bosqichma-bosqich 100 foizga olib chiqiladi.
Respublikani «to‘qimachilik xabi»ga aylantirish va kamida xalqaro darajada tan olingan 10 ta mahalliy brendlarni yaratish ustidagi ishlar manzilli tashkil etiladi.
2026 yil 1 yanvargacha to‘qimachilik sanoat zonalari direksiyalari va ularda tashkil etiladigan korxonalar mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod etiladi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

17:22 / 02.05.2025
Prezident «Urganch klaster»ning yangi korxonalari faoliyati bilan tanishdi

18:11 / 12.12.2024
Mato ishlab chiqarish va bo‘yash korxonalari qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlanadi

08:20 / 03.06.2021
Yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish kompleksi tashkil etiladi

19:10 / 29.01.2020