Namanganda qo‘shnisini o‘ldirish uchun qotil yollagan shaxs 10 yilga qamaldi
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda jabrlanuvchi grimm qilinib, molxona binosida qo‘l-oyoqlari bog‘lab qo‘yilgan. Uni o‘z qo‘llari bilan o‘ldirmoqchi bo‘lgan buyurtmachi voqea joyiga yetib borganida elektroshoker yordamida to‘xtatib qolingan va qo‘lga olingan.
Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi Xurshid Muhiddinov o‘z qo‘shnisini o‘ldirish uchun qotil yollagan. Kun.uz mazkur jinoyat ishi doirasidagi sud hujjatlarini o‘rgandi.
Sud hujjatlarida keltirilishicha, Xurshid Muhiddinov qo‘shnisi A.Boriyev va turmush o‘rtog‘i o‘rtasida ishqiy munosabat borligidan xabar topib, qo‘shnisini qasddan o‘ldirishni rejalashtirgan. U tanishi D.M. va D.P.ga murojaat qilib, A.Boriyevni o‘ldirib yuborish evaziga ming dollar berishini aytgan. D.M. va D.P. esa Namangan viloyati IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan.
2023 yil 7 iyun kuni Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan viloyat IIB JQB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda A.Boriyev tegishli tartibda grimm qilinib, yuziga hayvon qoni surtilgan hamda qo‘l-oyoqlari bog‘langan holda Chortoq tumani Ayqiron mahallasi hududida joylashgan molxona binosiga olib borilgan. So‘ngra telefon orqali foto va videotasvirga olinib, buyurtmachiga yuborilgan.
Xurshid Muhiddinov D.M. boshqaruvidagi mashinada va’da qilingan pullardan 1,4 mln so‘mini unga bergan. Shundan so‘ng A.Boriyevni o‘ldirishda foydalanish uchun yo‘lda savdo do‘konidan pichoq va kanselyariya pichog‘i, dorixonadan esa tibbiy qo‘lqop va niqoblarni sotib olgan.
Aytilgan manzilga yetib kelgach ularni kutib turgan “killer” D.P. bilan ko‘rishib, tibbiy qo‘lqopni kiygan va A.Boriyev saqlab turilgan xonaga kirgan. Shu vaqtda Muhiddinov tezkor xodimlar tomonidan elektroshoker yordamida xavfsizlantirilib, to‘xtatib qolingan va qo‘lga olingan.
Xurshid Muhiddinov qo‘shnisi A.Boriyevni qasddan o‘ldirishga suiqasd qilganlikda aybli deb topilgan. Sud hukmi bilan unga 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Avvalroq Navoiyda qaynakasini o‘ldirish uchun “killer” yollagan shaxs 15 yilga qamalgani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Otasi tomonidan O‘zbekistonga olib kelingan 4 yoshli qiz Rossiyadagi onasiga qaytarildi
Jamiyat | 23:51 / 25.06.2025
-
Ispaniya sohillaridan qo‘l-oyoqlari bog‘langan besh kishining jasadi topildi
Jahon | 23:30 / 25.06.2025
-
Bloger uyida timsoh saqlab kelgani aniqlandi, O‘zbekiston Shvetsiya bilan migratsiya sohasida kelishuv imzoladi, fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:58 / 25.06.2025
-
Tramp Ukrainadagi vaziyat nazoratdan chiqib ketganini ma’lum qildi
Jahon | 22:45 / 25.06.2025
Mavzuga oid

21:27 / 14.06.2025
AQShda demokrat siyosatchilarga hujum uyushtirildi, ulardan biri vafot etdi

23:40 / 10.06.2025
300 ming dollar vasvasasi yoxud qotillik bilan tugagan sheriklik - suddan reportaj

00:21 / 07.06.2025
Buyuk Britaniyada 700 yil oldin amalga oshirilgan qotillik fosh etildi

20:26 / 29.05.2025