Navoiylik tadbirkor tergov izolyatorida vafot etdi

56 yoshli tadbirkor Azamat Xoliqovga jinoyat ishi doirasida bir necha kun avval qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan edi. Azamat Xoliqov Kun.uz bir necha bor yoritgan “To‘dako‘l ishi” bilan bog‘liq ishda tomonlardan biri edi.
Qiziltepa tumanida yashovchi tadbirkor Azamat Xoliqov vafot etdi. Bu haqda tumanda janoza xabarlari berib boriladigan Telegram guruhda e’lon qoldirilgan.
Manbaga ko‘ra, tadbirkor bundan bir necha kun avval tergovga jalb qilinib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan bo‘lgan. Azamat Xoliqov sog‘ligidagi jiddiy muammo sabab 26 aprel kuni erta tongda tergov izolyatorida vafot etgan.
Tadbirkorning qanday asoslar bo‘yicha tergovga jalb etilgani haqida aniq ma’lumot yo‘q.
Azamat Xoliqov 1968 yilda Qiziltepa tumanida tug‘ilgan. U Kun.uz bir necha bor yoritgan To‘dako‘l ishida tomonlardan biri bo‘lgan “Golden Lake Fish” MChJ ta’sischisi edi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
“10 daqiqa erta borganimda samolyotda bo‘lardim” - talaba yo‘ldagi tirbandlik sabab Dreamliner halokatidan omon qoldi
Jahon | 13:10
-
Mers: Isroil biz uchun Eronda og‘ir ishni qilyapti
Jahon | 12:56
-
Britaniya O‘zbekistonda bolalar uchun ijtimoiy ta’lim dasturlarini amalga oshiradi
O‘zbekiston | 12:54
Mavzuga oid

22:41 / 08.04.2024
Qiziltepada “zamhokim”ning bosimi bilan ovoz to‘plangan tashabbuslar g‘olib loyihalar ro‘yxatidan chiqarilishi mumkin

20:16 / 05.04.2024
Qiziltepa «zamhokimi»ning bosimi bilan ovoz to‘plangan loyihalar bekor qilinishi kerak

15:08 / 05.04.2024
“Tashabbusli budjet”da ovoz yig‘ishga majburlagan hokim o‘rinbosari jarimaga tortildi

16:33 / 04.04.2024