Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda voyaga yetmagan qizga jinsiy tegajog‘lik qilgan va undan pul olib kelgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Chiroqchi tumanida yashovchi, 2006 yilda tug‘ilgan qizga nisbatan jinsiy tegajog‘lik sodir etilib, bu videoga olingan va tasvirni tarqatish bilan tahdid qilingan.

Bolalar ombudsmaniga joriy yilning 24 aprel kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro O.Yu.dan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda Chiroqchi tumanida yashovchi voyaga yetmagan qiz B.B.ga (2006 yilda tug‘ilgan) nisbatan jinsiy tegajog‘lik qilinib, bu videoga olingani va tasvirni tarqatish bilan tahdid qilinayotgani bildirilgan. Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘z kuzatuviga oldi.
Aniqlanishicha, 2023 yil iyul oyida B.B.ga Sh.X. tomonidan jinsiy tegajog‘lik qilinib, bu holat boshqa shaxs - J.M. tomonidan telefon orqali videotasvirga olingan. Keyinchalik J.M videotasvirni tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, qizdan tovlamachilik yo‘li bilan pul olgan, ammo shundan keyin ham videotasvirni tarqatish bilan tahdidni davom ettirib, tovlamachilik qilib kelgan.
Mazkur holat bo‘yicha B.B. (2006 yilda tug‘ilgan) 2024 yilning 30 mart kuniga kelibgina tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
Tergovga qadar tekshiruv doirasida sudga oid tibbiyot, kriminalistika va biologiya ekspertizalari tayinlangan.
Joriy yilning 8 aprel kuni JKning 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 118-moddasi 1-qismi (Nomusga tegish) va 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Mazkur jinoyat ishi Qashqadaryo viloyati prokuraturasi nazoratida, Bolalar ombudsmani bu borada o‘z kuzatuvini davom ettirmoqda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzum ta’minotchilar uchun sahifani ishga tushirdi
O‘zbekiston | 16:50
-
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi
Jahon | 15:27
-
Migrantlarga Rossiyaga kirishda tibbiy ma’lumotnoma taqdim etish majburiyati yuklanishi mumkin
Jahon | 15:24
-
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda
Jahon | 15:19
Mavzuga oid

20:48 / 12.07.2025
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

23:00 / 30.06.2025
Qashqadaryodagi ikkita do‘konda yong‘in chiqdi

12:58 / 28.06.2025