Navoiy va Tatariston mineral-xomashyo resurslarini qayta ishlashda hamkorlik qiladi
Tatariston raisi Rustam Minnixonov Navoiy viloyatiga tashrif bilan keldi. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralarda qator sohalarda hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati
Tatariston raisi Rustam Minnixonov Navoiy viloyatiga keldi. Uni Navoiy temiryo‘l vokzalida Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov kutib oldi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda ikki tomonlama manfaatli hamkorlik loyihalarini, xususan, sanoat kooperatsiyasi, mineral-xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlashni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, turizm, viloyatdagi va Tataristondagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida konchilik va metallurgiya, qishloq va suv xo‘jaligi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.
Delegatsiya a’zolari Navoiy erkin iqtisodiy zonasida ham bo‘lishib, “Navoiy sanoatni rivojlantirish kompleksi” sanoat parki taqdimoti bilan tanishgan. Mazkur sanoat parki Tatariston va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik namunasi hisoblanadi. U Navoiy viloyati va “Master” Kama sanoat parki o‘rtasidagi kelishuvga asosan bunyod etilmoqda.
Parkni bunyod etishda Qayta qurish va rivojlantirish fondi tomonidan 40 mln AQSh dollari miqdorida sarmoya ajratilgan. Birinchi bosqichda umumiy qiymati 178 mln dollar bo‘lgan 6 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.
Tatariston raisi Rustam Minnixonov avvalroq Surxondaryo viloyatida ham bo‘lib, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov bilan qator hamkorlik loyihalarini muhokama qilgandi.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qo‘shmachi “provodnik”: poyezd kupesi ishratxonaga aylantirilgani aniqlandi
Jamiyat | 21:42
-
Tramp Eronga «so‘nggi ultimatum» qo‘ydi va Putinning vositachiligini rad etdi
Jahon | 21:35
-
Isroil sayyohlarga mamlakatdan xavfsiz chiqib ketish imkonini yaratdi
Jahon | 21:18
-
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34
Mavzuga oid

19:45 / 15.06.2025
Kiyevda Boeing ofisi zarbaga uchragan, Tataristonda dron zavodiga hujum qilindi

20:56 / 20.04.2025
Tataristonda og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi

19:09 / 26.12.2024
5 nafar o‘zbekistonlik yonib ketgan ferma egasiga nisbatan jinoiy ish ochildi

13:18 / 24.12.2024