Energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar soni aytildi
Joriy yilning shu vaqtiga qadar «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan iste’molchilarni energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 1 858 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi.
Yuqorida ma’lum qilingan holatlarning 247 tasi elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash bo‘yicha aniqlangan qoidabuzarlik hisoblanadi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 100-moddasiga muvofiq, elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, ya’ni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda issiqlik uskunalaridan muntazam ravishda, ishlab chiqarish zarurati bo‘lmagan holda to‘liq foydalanmaslik yoki ularni bekorga ishlatib qo‘yish (kunning yorug‘ vaqtida chiroqlarni yoqib qo‘yish), yoritish uchun elektr energiyasidan xo‘jasizlarcha foydalanish holatlari uchun javobgarlik mavjud.
Ta’kidlanishicha, bu kabi qoidabuzarlik uchun mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, mansabdor shaxslarga BHM 15 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solinishi belgilangan, deyiladi «O‘zenergoinspeksiya» axborot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezident administratsiyasida qator o‘zgarishlar ro‘y berdi
O‘zbekiston | 23:35 / 24.06.2025
-
Surxondaryo viloyati FVBga yangi boshliq tayinlandi
O‘zbekiston | 23:30 / 24.06.2025
-
Urush kundaligi: Isroil vayronalari
Jahon | 23:23 / 24.06.2025
-
AQSh O‘zbekiston fuqarolarining viza arizalarini qariyb 65 foizini rad etdi
Jahon | 23:12 / 24.06.2025
Mavzuga oid

12:06 / 20.06.2025
Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlar 14,5 mlrd so‘m mukofot oldi

13:50 / 12.06.2025
Suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risida video yuborganlar rag‘batlantiriladi

16:02 / 19.05.2025
Prezidentga qurilish materiallari tarmog‘idagi rejalar taqdimot qilindi

10:00 / 14.05.2025