Telegram bot orqali o‘zgalarning pulini o‘zlashtirgan 17 yoshli yigit ushlandi
“Telegram”da "Pul tiking yutuq bor" mazmunida bot yaratib, o‘zgalarning pullarini o‘zlashtirib kelgan 17 yoshli yigitcha qo‘lga olindi.

Foto: Kiberxavfsizlik markazi
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida yashovchi 20 yoshli (ayol) K.A. IIOga murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan bank kartasidan 32,5 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida yashovchilar 17 yoshli M.X. sodir etgani aniqlandi.
Unga ko‘ra, M.X., jabrlanuvchi K.A, bilan "Telegram" messenjeri orqali tanishib, unga botga ulanib pul o‘tkazsa yutuq borligi haqida aytib uni ishontirgan va jabrlanuvchi K.A. 32,5 mln. so‘m miqdordagi pullarni bank plastik kartasiga o‘tkazib bergan, ammo hech qanday yutuq olmagani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.X.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan JKning 168-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saida Mirziyoyeva Zoyid nomidagi xalqaro mukofotning hakamlar hay’atiga kiritildi
O‘zbekiston | 20:03
-
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot bilan tanishdi
O‘zbekiston | 19:58
-
Muhammadali O‘rinboyev «Antverpen» safiga o‘tdi
Sport | 19:58
-
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46
Mavzuga oid

20:36 / 28.06.2025
Telegram bir nechta OSINT kanallarni blokladi

00:50 / 22.06.2025
Pavel Durov o‘z boyligini 100 dan ortiq farzandlari orasida taqsimlaydi

12:39 / 11.06.2025
Telegram FSB bilan aloqa haqidagi ayblovlarga javob qaytardi

17:30 / 04.06.2025