Migratsiya agentligi Turkiyaga kirishda xavfsizlik choralari kuchaytirilgani haqida xabar berdi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Istanbul aeroportida, asosan, 20−35 yoshdagi xorijliklar uchun xavfsizlik choralari kuchaytirilgani haqida xabar berdi. Yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning 163 nafar fuqarosi Turkiyaga kiritilmagan, ulardan 54 nafariga mamlakatga kirish taqiqlangan bo‘lgan.

Foto: Kun.uz
Turkiya chegaradagi kirish va chiqish punktlarida, jumladan, Istanbul aeroportida xavfsizlik choralarini kuchaytirdi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bu haqda xabar berib, O‘zbekiston fuqarolarini tekshiruvlar va cheklovlar yuzasidan ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, Istanbul xalqaro aeroportida asosan 20–35 yoshdagi xorijliklarga nisbatan nazorat tadbirlari kuchaytirilgan. O‘zining xatti-harakatlari bilan shubha uyg‘otgan shaxslar bilan migratsiya xizmati xodimlari tomonidan suhbat o‘tkazilib, shaxsiy uyali telefonlari tekshirilishi holatlari ham uchramoqda.
Terrorizm, odam savdosi va boshqa jinoyatlarga aloqadorlikda gumonlanganlar, taqiqlangan tovarlarni olib o‘tishga uringan shaxslar «Turkiyaga kirishi istalmagan yo‘lovchi» sifatida baholanib, Turkiya hududiga kiritilmasdan, mamlakatiga qaytarib yuborilmoqda.
Jumladan, 2024 yilning yanvar-fevral oylari davomida O‘zbekistonning 163 nafar fuqarosi Turkiyaga kiritilmagan, ularning 54 nafari bundan oldin Turkiyaga kelib, qonunbuzarlik sodir etib, mamlakatga kirishiga taqiq qo‘yilganlar bo‘lgan.
Shu bilan birga, agentlikka ayrim o‘zbekistonliklar Istanbul aeroportida politsiya xodimlarining qo‘pol muomalasi bo‘yicha shikoyat qilgan.
«Bu borada fuqarolarimizning barcha shikoyat va e’tirozlari diplomatik kanallar orqali turk tomoniga yetkazildi va hozirgi kunda mutasaddi tashkilotlar bilan muzokaralar olib borilmoqda. O‘z o‘rnida, fuqarolarimizdan mahalliy qonunlarni hurmat qilib, ularga to‘liq rioya etishlarini so‘rab, oldin qonunbuzarlik sodir etib deportatsiya qilingan fuqarolardan esa Turkiyaga kirish taqiqi bor yoki yo‘qligini Toshkent va Samarqand shaharlaridagi Turkiya diplomatik vakolatxonalaridan o‘rgangan holda kelishlari tavsiya qilinadi», — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent viloyatida 1 mln dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:32 / 15.03.2025
-
Yevropa Ittifoqi harbiy razvedka uchun sun’iy yo‘ldosh tarmog‘ini yaratishi mumkin
Jahon | 22:27 / 15.03.2025
-
Tramp «Ozodlik radiosi» va «Amerika Ovozi» radiosini nazorat qiluvchi agentlikni qisqartirmoqchi
Jahon | 22:01 / 15.03.2025
-
Zelenskiy Kursk oblastida janglar davom etayotganini aytdi
Jahon | 21:59 / 15.03.2025
Mavzuga oid

17:13 / 15.03.2025
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin

14:31 / 15.03.2025
O‘zbekiston va Xitoy migratsiya sohasida hamkorlik qiladi

19:11 / 13.03.2025
Tramp prezidentligi davrida 30 mingdan ortiq migrant hibsga olindi

17:39 / 13.03.2025