Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp «Ozodlik radiosi» va «Amerika Ovozi» radiosini nazorat qiluvchi agentlikni qisqartirmoqchi
AQSh prezidenti buni byurokratiyaga qarshi kurash choralari bilan izohladi.

Foto: REUTERS/Sarah Silbiger
AQSh prezidenti Donald Tramp byurokratiyaga qarshi kurash bahonasida bir qancha agentliklarning funksiyalari va xodimlari sonini imkon qadar qisqartiradigan yangi qonunni imzoladi. Tegishli hujjat Oq uy tomonidan e’lon qilindi.
Ular orasida «Ozodlik radiosi» va «Amerika Ovozi» radiosini nazorat qiluvchi AQSh hukumatining Global Media agentligi (USAGM) bor.
Bundan tashqari, ro‘yxatga Vudro Vilson markazi, Federal vositachilik va kelishuv xizmati, Muzey va kutubxona xizmatlari instituti (AQSh muzeylari va kutubxonalarni qo‘llab-quvvatlaydi), Uysizlar bo‘yicha idoralararo kengash, Moliyaviy rivojlanish institutlari jamg‘armasi, Ozchiliklar biznesini rivojlantirish agentligi va Arktika tadqiqot komissiyasi kiritildi.
Qonunga ko‘ra, tashkilotlar bir hafta ichida o‘z filiallari vazifalari to‘g‘risida hisobot taqdim etishi kerak bo‘ladi.
Fevral oyida AQSh hukumati samaradorligi agentligi (DOGE) rahbari, amerikalik tadbirkor Ilon Mask «Ozodlik radiosi» va «Amerika Ovozi» radiosini yopishga chaqirib, ularda «o‘zi bilan gaplashadigan radikal so‘l ahmoqlar» ishlayotganini aytdi.
Avvalroq Donald Tramp Associated Press (AP) jurnalistlarini Oq uyda o‘tkaziladigan mabuot tadbirlariga kirishini taqiqlab qo‘ygan edi. Agentlik o‘z xabarlarida Meksika ko‘rfazini Amerika ko‘rfazi deb nomlashdan bosh tortdi. Tramp o‘z qaroriga ko‘ra, ushbu geografik nomni o‘zgartirgan edi. AP agentligi Oq uydan chetlatilishi haqidagi qaror yuzasidan sudga murojaat qildi, ammo hozircha muvaffaqiyat qozona olmadi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 19:22
-
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 19:15
-
Avstraliyada 19 ta davlat ishtirokida yirik harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
Jahon | 19:14
-
Janubiy koreyalik baliqchilar 1,9 mln dollarlik tunetslarni dengizga qo‘yib yubordi
Jahon | 19:12
Mavzuga oid

19:14
Avstraliyada 19 ta davlat ishtirokida yirik harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

19:03
Putin Trampga Rossiya yaqin orada Ukrainadagi hujumlarini kuchaytirishini aytdi – OAV

15:52
Mers: AQSh bojlari Germaniya eksportiga qattiq ta’sir qiladi

10:27