Migratsiya agentligi Rossiyaga borayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantirdi
Rossiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ham ogohlikka chaqirilgan.

Foto: Yuriy Kochetkov / EPA / Scanpix / LETA
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyaga borayotgan, ushbu mamlakatda bo‘lib turgan yoki chiqib ketayotgan O‘zbekiston fuqarolariga ogohlantirish bilan chiqdi.
«Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida 22 mart kuni yuz bergan terakt sababli butun mamlakat bo‘ylab xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda.
Shu munosabat bilan, Rossiyaga borayotgan, ushbu mamlakat hududida bo‘lib turgan yoki mamlakatdan chiqib ketayotgan yurtdoshlarimizdan ushbu xavfsizlik choralari talablarini inobatga olgan holda harakatlanishni so‘raymiz.
Xususan, shaxsni taqdiqlovchi va mamlakatda bo‘lish yoki ishlash huquqini beruvchi hujjatlarni o‘zlari bilan birga olib yurish, jamoat joylarga sababsiz bormaslik, notanish yoki shubhali insonlar bilan muloqotga kirishmaslik, telefon va boshqa qurilmalarda taqiqlangan foto, audio va video materiallarni saqlamaslik, safar rejalashtirilgan bo‘lsa, vokzal yoki aeroportga belgilangan vaqtdan oldinroq borish kabilar tavsiya qilinadi.
Yurtdoshlarimiz biror muammoga duch kelganda yoki o‘zlarini qiziqtirgan boshqa savollar bilan mamlakatimizning konsullik idoralari yoki Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasiga murojaat qilishi mumkin», deyiladi xabarda.
- So‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 22 mart kuni Moskva yaqinidagi «Krokus Siti Holl» konsert zalida sodir etilgan terakt tufayli 139 kishi halok bo‘lib, yana 182 kishi jarohatlangan. «Krokus»ga hujum uchun javobgarlikni IShIDning «Xuroson viloyati» nomli bo‘limi o‘z zimmasiga olgan. Amerikalik rasmiylar terrorchilarning bayonoti haqiqiyligini tasdiqlagan.
- Bundan oldinroq, Qirg‘iziston TIV mamlakat fuqarolarini, xususan Rossiyada avval bir necha marta ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan qirg‘izistonliklarni RFdagi qo‘shimcha xavfsizlik choralari va chegaradan o‘tkazishning kuchaytirilgan rejimi bekor qilinmaguncha bu mamlakatga bormay turishga chaqirgandi. Rossiyadagi qirg‘izistonliklardan odam ko‘p to‘planadigan joylarga bormaslik so‘ralgan.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xorazm va Jizzaxda sifatsiz benzinni sotuvga chiqargan zapravkalar aniqlandi
O‘zbekiston | 10:40
-
JCh saralashi: Italiya yirik hisobda yutqazdi, Belgiyada ham muvaffaqiyatsiz start
Sport | 10:40
-
Ekspertlar: Rossiyaga bombardimonchilarni almashtirish uchun yillar kerak bo‘ladi
Jahon | 10:22
-
Toshkent va Surxondaryoda kuchli ta’sirga ega dorilarni sotayotganlar ushlandi
O‘zbekiston | 10:06
Mavzuga oid

19:26 / 05.06.2025
Tramp ma’muriyati Serbiyadan deportatsiya qilingan migrantlarni qabul qilishni so‘radi

12:20 / 02.06.2025
Rossiyada Bryansk va Kurskda ko‘priklar qulashi terakt deb tan olindi

11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi

11:00 / 27.05.2025