Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XOQ Rossiya va Belarus sportchilariga atletlar paradida ishtirok etishni taqiqladi
Neytral maqomdagi sportchilar Parijdagi yozgi Olimpiada ochilishida delegatsiyalar paradida qatnashmaydi, chunki ular individual sportchilardir, deya tushuntirdi XOQ.

Foto: Michel Euler/AP/dpa/picture alliance
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Rossiya va Belarus sportchilarining Parijdagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida sportchilar paradida ishtirok etishiga ruxsat bermadi. XOQning 19 mart, seshanba kuni e’lon qilgan bayonotida aytilishicha, neytral sportchilar ochilish marosimida delegatsiyalar paradida ishtirok etmaydi, chunki ular individual sportchilardir.
Biroq, paradda ishtirok etishga ruxsat berilmagan sportchilar ushbu tadbirda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi, deya qo‘shimcha qildi tashkilot. Qo‘mitaning ta’kidlashicha, xuddi shunday ssenariy 1992 yilda Barselonada bo‘lib o‘tgan Olimpiadada Yugoslaviya «mustaqil ishtirokchilari»ga nisbatan qo‘llangan.
XOQ 36 nafar rossiyalik va Belarus pasportiga ega 22 nafar sportchi Fransiya poytaxtida bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga yo‘llanma olishini kutmoqda. Ularning O‘yinlarning yopilish marosimida ishtirok etishi to‘g‘risidagi qaror keyinroq qabul qilinadi, deyiladi tashkilot xabarida.
O‘yinlarga Rossiya va Belarusdan neytral sportchilarni qabul qilish
XOQning 2023 yil dekabrida qabul qilingan qaroriga ko‘ra, Rossiya va Belarus sportchilariga o‘z mamlakatlari bayroqlari va boshqa milliy atributlarsiz faqat neytral maqomdagi musobaqalarga ruxsat beriladi. Rossiya harbiylarining Ukrainaga hujumini faol qo‘llab-quvvatlayotgan, shuningdek, Rossiya yoki Belarus armiyasi, huquq-tartibot idoralari va ushbu davlatlarning xavfsizlik idoralari bilan aloqador bo‘lgan sportchilar o‘yinlarda qatnasha olmaydi.
Rossiya Olimpiya qo‘mitasi (ROQ) rossiyaliklarning Parijdagi o‘yinlarda ishtirok etishi uchun qo‘yilgan shartlarni «adolatsiz» deb atadi. Biroq, Rossiya tomoni ROQ «boykot yo‘li»ni tanlamasligini ta’kidladi.
Parijda XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari 26 iyuldan 11 avgustgacha bo‘lib o‘tadi. Fransiya poytaxti 1900 va 1924 yillarda yozgi Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

16:56 / 23.06.2025
XOQ yangi rahbari rasman faoliyatini boshladi

21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi

16:55 / 11.04.2025
2028 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ayol sportchilar birinchi marta ko‘pchilikni tashkil qiladi

08:42 / 22.03.2025