Qirg‘iziston va O‘zbekistonni bog‘lovchi 130 metrli yashirin tunnel aniqlandi
Jalolobod viloyatidagi xonadondan topilgan tunneldan odamlar va yuklarni chegaradan noqonuniy olib o‘tishda foydalanilgan. Xonadon egasi kontrabanda kanalini tashkil qilishda gumon qilinib, qo‘lga olingan.
Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Suzoq tumanida noqonuniy yerosti tunneli topildi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib “AKIpress” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari Suzoq tumani Bekobod qishlog‘ida yashovchi fuqaroning uyida O‘zbekistonga olib boruvchi yerosti tunnelini topgan. 130 metrli mazkur yashirin yerosti yo‘li odamlar va yuklarni noqonuniy olib o‘tish uchun ishlatilgan.
Qayd etilishicha, tunnelning chuqurligi 15 metr, umumiy uzunligi 130 metr, Qirg‘iziston davlat chegarasigacha bo‘lgan masofa 50 metr, balandligi esa 1,7 metrga teng.
19 mart kuni uy egasi, 1986 yilda tug‘ilgan E.A. kontrabanda kanalini tashkil qilishda gumon qilinib, qo‘lga olingan. Ayni paytda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan tunneldan foydalanishni tashkil etishda ishtirok etgan barcha shaxslar, shuningdek, Qirg‘iziston chegarasini noqonuniy kesib o‘tganlar hamda respublikaga noqonuniy ravishda kirib kelgan tovarlar turlari aniqlanmoqda.
Qirg‘iziston va O‘zbekistonni bog‘lovchi bu kabi tunnellar oldin Qorasuvda hamda Qo‘rg‘ontepada ham aniqlangandi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2024 yilda O‘zbekistondan Rossiyaga borgan migrantlar soni ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 01:53
-
Zelenskiy Ukraina quruqlik qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinladi
Jahon | 01:06
-
Apple qo‘sh ekranli iPhone chiqaradi: u haqda nimalar ma’lum
Fan-texnika | 00:33
-
Oq uy: Tramp Eronga hujum masalasida ikki haftada bir qarorga keladi
Jahon | 23:35 / 19.06.2025
Mavzuga oid

18:40 / 18.06.2025
Qirg‘iziston poytaxtida blekaut yuz berdi

17:19 / 11.06.2025
O‘zbekiston va Qirg‘iziston mahkumlarni almashadi

17:12 / 09.06.2025
Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston chigirtkalarga qarshi kurashda birlashadi

21:12 / 07.06.2025