Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kogon tumani hokimi o‘zgardi
Muhiddin Esonov tuman hokimligidan ham ketdi. U muqaddam Buxoro viloyati rahbari bo‘lib ishlagan.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmati
13 mart kuni Xalq deputatlari Kogon tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada viloyat hokimi Botir Zaripov, prezident administratsiyasi mas’ul xodimi Sahob Sulaymonov, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, viloyatdagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari va mutasaddi xodimlari, tuman faollari ishtirok etdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
«Kogon tumani geografik joylashuvi, boy tabiati, tarixiy ahamiyatiga ko‘ra viloyatimizdagi istiqbolli hududlardan hisoblanadi. Mana shu imkoniyatlardan samarali foydalanilganligi sababli Kogon tumani so‘nggi yillarda Muhiddin Turdiyevich Esanov rahbarligida viloyatdagi iqtisodi jadal rivojlanayotgan tumanlar qatoridan joy oldi. O‘zining boy rahbarlik tajribasi, boshqaruvchilik qobiliyati, qat’iyati va talabchanligi bilan tumanda Hurmatli Prezidentimizning islohotlari ijrosini ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatdi. Ammo keyingi paytda Muhiddin Esonovning sog‘ligi yomonlashganligi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishda qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Shu bois Muhiddin Turdiyevich tuman hokimi lavozimidan ozod etishni so‘rab murojaat qildi», dedi Botir Zaripov kirish so‘zi avvalida.
Shundan so‘ng Muhiddin Esonov Kogon tumani hokimi lavozimidan ozod etildi.

Ayni vaqtga qadar «G‘ijduvon» erkin iqtisodiy zonasi direktori lavozimida ishlab kelgan Otabek Nodirovich Qazoqov Kogon tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Sessiyada viloyat hokimi Botir Zaripov hududdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy holatni tanqidiy tahlil qilib, tumanning yangi rahbari boshchiligida hududni har jihatdan rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarga batafsil to‘xtaldi.
- Ma’lumot uchun, Muhiddin Esonov 2020 yil fevralidan buyon Kogon tumani hokimi edi. U 2011–2016 yillarda Buxoro viloyatiga hokimlik qilgan, viloyat hokimligidan olingach, ma’lum muddat Buxoro tumaniga rahbarlik qilgan, keyinroq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagandi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

19:22 / 14.07.2025
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

19:15 / 14.07.2025
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

18:40 / 14.07.2025
Prezident administratsiyasining 8 ta departamentiga yangi rahbar tayinlandi

18:34 / 14.07.2025