Portugaliyada sotsialistlar parlamentdagi mutlaq ko‘pchilikni yo‘qotdi
Deyarli barcha byulletenlarni sanab chiqish natijalariga ko‘ra, Pedro Nunu Santushning sotsialistik partiyasi (SP)ni saylovchilar 28,66 foizi qo‘llab-quvvatladi.

Foto: EPA
Portugaliyada navbatdan tashqari parlament saylovlari natijalariga ko‘ra, 2015 yildan buyon hokimiyat tepasida turgan Pedro Nunu Santushning sotsialistik partiyasi (SP) mutlaq ko‘pchilikni yo‘qotib, atigi 28,66 foiz saylovchilarning qo‘llab-quvvatlashini ta’minlay oldi. Bu natija SPga mamlakat parlamentidagi 230 o‘rindan 77 tasini kafolatlaydi, deb xabar berdi AFP axborot agentligi 11 mart, dushanba kuni.
Qayd etilishicha, Nunu Santush allaqachon saylovlardagi mag‘lubiyatini tan olgan va muxolifatga ketishini e’lon qilgan. Xabar e’lon qilingan vaqtda deyarli barcha ovozlar sanab bo‘lingan va 230 deputatlik o‘rinlaridan 226 tasining taqdiri ma’lum edi.
Luish Montenegru boshchiligidagi konservativ o‘ng markazchi Demokratik alyans (AD) 29,49 foiz ovoz oldi. Bu ADga parlamentda 79 o‘rin olish huquqini beradi.
O‘ng qanot populistlari natijani yaxshiladi
Shu bilan birga, sobiq sport sharhlovchisi Andre Venturaning o‘ng qanot populist «Yetarli» (Chega) partiyasi o‘z faoliyatini sezilarli darajada yaxshilay oldi va uni qo‘llab-quvvatlagan saylovchilar soni bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi. Agar 2022 yilgi saylovlarda partiyaning natijasi 7 foizdan sal ko‘proq bo‘lgan bo‘lsa, bu safar uni 18 foiz saylovchilar qo‘llab-quvvatlagan. Bu «Yetarli» partiyasini parlamentda kamida 48 o‘rin bilan ta’minlaydi.
Mutaxassislar koalitsion hukumat tuzish oson bo‘lmasligini kutmoqda, chunki yirik partiyalar o‘ng qanot populistlar bilan hamkorlik qilish imkoniyatini istisno etmoqda. Saylov g‘olibi kichikroq partiyalar bilan koalitsiya tuzish bo‘yicha muzokaralar olib borishi kerak bo‘ladi. Ayrim kuzatuvchilar shu fonda yangi parlament saylovlarini o‘tkazish zarurligini bildiryapti.
Portugaliyada muddatidan oldin saylovlar
2023 yil noyabr oyi boshida, korrupsiya mojarosi fonida bosh vazir Antoniu Koshta iste’foga chiqqanidan ikki kun o‘tib, Portugaliya prezidenti Marselu Rebelu di Souza parlamentni tarqatib yubordi va muddatidan oldin saylovlarni 2024 yil 10 martga tayinladi.
2015 yilda Portugaliya bosh vaziri lavozimini egallagan Antoniu Koshta 7 noyabr kuni «hozirgi sharoitda» iste’foga chiqishi haqida respublika prezidentiga ariza berganini e’lon qildi. Bu bayonot uning qarorgohida, shuningdek, bir qator davlat muassasalarida o‘tkazilgan tintuvlardan bir necha soat o‘tgach aytilgan. Operatsiya natijasida Koshta ma’muriyati rahbari Vitor Eshkaria, Sinish shahri meri, bir qancha tadbirkorlar va boshqalar qo‘lga olindi.
Prokurorlar tintuvlarga noqonuniy faoliyat, jumladan, Portugaliyaning Ispaniya bilan chegarasi yaqinidagi Montalegre mintaqasida litiy qazib olish, shuningdek, Sinish shahri yaqinida «yashil vodorod» ishlab chiqarish bo‘yicha konsessiyalardan foyda olish va poraxo‘rlik gumoni sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Missiya yakunlandi». «Vagner» XHK Malidan ketishini e’lon qildi
Jahon | 20:33
-
Eldor Shomurodov klubi yangi bosh murabbiyni tayinladi
Sport | 20:32
-
Qozog‘iston harbiylari Buyuk Britaniyada tayyorgarlikdan o‘tadi
Jahon | 20:14
-
Tramp Germaniyaga Rossiya gazi o‘rniga amerikanikini taklif qildi
Jahon | 19:40
Mavzuga oid

16:09 / 28.05.2025
O‘zbekistonning Portugaliyadagi yangi elchisi tayinlandi

11:32 / 19.05.2025
Portugaliyada o‘ng markazchilar navbatdan tashqari saylovlarda g‘alaba qozondi

19:50 / 16.05.2025
Portugaliyada cherkovning qulagan devorlari orasidan 12 ta skelet topildi

21:57 / 04.05.2025