Avstriyada tezlikni oshirgani uchun avtomobil musodara qilindi
Vena politsiyasi tezlikni 60 km/soatdan oshirib yuborgani uchun egasining mashinasi va haydovchilik guvohnomasini vaqtincha musodara qildi. Bu yangi qonun kuchga kirganidan beri birinchi marta ro‘y berdi.

Foto: Bildagentur-online/McPhoto/picture alliance
Avstriyada yangi qonun kuchga kirganidan beri birinchi marta tezlikni oshirgani uchun avtomashina musodara qilindi, deb xabar qildi 5 mart, seshanba kuni Vena shtati politsiyasi. 28 yoshli haydovchi 4 mart kuni soat 22:30 da Vena markazida soatiga 114 km tezlikda harakatlanayotganida qo‘lga olindi. «U aholi punktlarida 60 km/soat tezlikdan oshib ketgani aniqlangani uchun transport vositasi vaqtinchalik olib qo‘yildi», — deyiladi politsiya xabarida.
1 martdan kuchga kirgan yangi qoidalarga ko‘ra, avtomashinalarning musodara qilinishi aholi gavjum joylarda tezlik limitini 80 km/soatga, shahar tashqarisida esa 90 km/soatga oshirgan haydovchilarga tahdid soladi. «Yo‘l harakati to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlardan biri tezlik chegarasi 60 km/soatdan oshib ketgan taqdirda avtomobilni vaqtinchalik olib qo‘yishga ham ruxsat beradi.
Avstriya tez haydaydigan haydovchilarga qarshi kurashmoqda
2021 yilda Avstriyada yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar sezilarli darajada oshirildi. Shunday qilib, tezlikni 30 km/soatga oshirgan haydovchilar kamida 150 yevro miqdorida jarimaga tortiladi. Agar qoidabuzarlik takrorlansa, jarima miqdori 5000 ming yevrogacha ko‘tarilishi mumkin, deya ogohlantirdi Umumgerman avtomobil klubi (ADAC).
Avstriya qonunlariga ko‘ra, aholi punktlarida avtomobil boshqarishning ruxsat etilgan tezligi soatiga 50 km, undan tashqarida - 100 km/soat, avtobanda - 130 km/soat.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

14:46 / 20.06.2025
Avstriya O‘zbekistonda agroklasterlar tashkil etishga tayyor

19:34 / 10.06.2025
Avstriyadagi maktabda otishma: to‘qqiz kishi halok bo‘lgan

14:16 / 07.05.2025
Rossiya "Rayffayzenbank"dan deyarli 2 mlrd yevroni musodara qildi

15:25 / 30.04.2025