Surxondaryoda bir oilaning 5 a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi
Boysun tumanida 6 kishidan iborat oila a’zolari qo‘lbola yasalgan pechdan chiqqan is gazidan zaharlangan. Ota va uning voyaga yetmagan 4 farzandi vafot etgan, ona esa jonlantirish bo‘limida qolmoqda.
25 fevral kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida bir oilaning 6 a’zosi is gazidan zaharlandi. Bu ma’lumotni Kun.uz’ga bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov tasdiqladi.
Shu kuni taxminan soat 10:30 da tumanning Duoba mahallasida yashagan J.X. (erkak, 1980 yilda tug‘ilgan) va uning farzandlari J.M. (o‘g‘il, 2013), Sh. M. (qiz, 2016), S.M. (qiz, 2018) uxlab yotgan vaqtida temirdan qo‘lbola yasalgan pechdan chiqqan is gazidan dimiqib, voqea joyida vafot etgan.
Shuningdek, Z.N. (ayol, 1986) va N.M. (qiz, 2008) esa Boysun tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, 16 yoshli qiz 27 fevral kuni vafot etdi.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron Qatardagi AQSh bazasiga hujum qildi
Jahon | 03:43
-
Tesla Texasda robotaksi servisini ishga tushirdi
Fan-texnika | 01:37
-
AQSh DeepSeek sun’iy intellekt chatbotini Xitoy armiyasiga yordam berishda aybladi
Jahon | 00:24
-
Prezident administratsiyasining qator xodimlari lavozimdan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:33 / 23.06.2025
Mavzuga oid

12:43 / 24.04.2025
Rossiya fuqarolarining O‘zbekistondagi mehmonxonada zaharlanishi bo‘yicha tergov yakunlandi

14:22 / 10.04.2025
Surxondaryoda kuzatilgan sel kichik talafot keltirdi

12:03 / 04.04.2025
Qo‘qonda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan zaharlanib, vafot etdi

12:27 / 11.03.2025