Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Varshava Ukraina bilan nazorat punktlarini muhim infratuzilma sifatida e’lon qiladi
«Muhim infratuzilma» maqomi «boshqa turdagi institutsional rejimga» olib keladi, deya ma’lum qildi Polsha hukumati Ukraina bilan chegarada fermerlarning norozilik namoyishlari taqiqlanishi yoki taqiqlanmasligiga aniqlik kiritmasdan.

Foto: AP
Ukraina bilan chegarada fermerlarning qayta norozilik namoyishlaridan so‘ng, Polsha rasmiylari qo‘shni davlatga insonparvarlik yordami va qurol-yarog‘ yetkazilishini ta’minlash uchun chegara o‘tish joylarini «muhim infratuzilma» sifatida tasniflash niyatida. Bu haqda 22 fevral, payshanba kuni Polsha bosh vaziri Donald Tusk ma’lum qildi.
«Harbiy yordam, asbob-uskunalar, o‘q-dorilar, gumanitar va tibbiy yordam Ukraina tomoniga hech qanday kechikishlarsiz yetib borishiga 100 foiz kafolat berish uchun biz Ukraina bilan chegara o‘tish punktlarini muhim infratuzilma obektlari qatoriga qo‘shamiz», — deya Tusk so‘zlarini keltirgan AFP.
Chegara o‘tish joylariga o‘xshash maqom berish «boshqa turdagi institutsional rejim» ga olib keladi, dedi Tusk, u chegarada fermerlarning norozilik namoyishlariga hali ham ruxsat beriladimi yoki yo‘qmi, bunga aniqlik kiritmadi. Tuskning qo‘shimcha qilishicha, «muhim infratuzilma» Ukrainaga olib boradigan yo‘l va temiryo‘l uchastkalarini ham o‘z ichiga oladi.
Polsha va Ukraina hukumatlari o‘rtasida polshalik fermerlarning chegaradagi norozilik namoyishlari bo‘yicha muzokaralar 28 martga rejalashtirilgan va shu vaqtgacha bu boradagi muhokamalar vazirlar darajasida davom etadi, dedi Tusk.
Polsha fermerlarining norozilik namoyishlari
20 fevraldan boshlab polshalik fermerlar Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importiga qarshi namoyishlarini kengaytirib, nafaqat chegara o‘tkazish punktlarini, balki milliy va mintaqaviy ahamiyatga ega bo‘lgan ayrim yo‘llarni ham to‘sib qo‘yishni boshladi. Fermerlar, boshqa narsalar qatorida, soliqlarni oshirish, subsidiyalarni qisqartirish, shuningdek, Yevropa komissiyasining Rossiya hujumi munosabati bilan Ukraina g‘allasining savdo taqiqini bekor qilish qaroriga qarshi.
Namoyishchilar Ukraina bilan chegaradagi bir qancha nazorat-o‘tkazish punktlarida ham blokadalarni kuchaytirdi, deya xabar beradi Ukraina davlat chegara xizmati. Xususan, boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, «Dorogusk-Yagodin», «Medika-Shegini», «Dolgobichuv-Ugrinov», «Zosin-Ustilug», «Korcheva-Krakovets» va «Grebnoye-Rava-Rossiya» nazorat-o‘tkazish punktlari orqali yuk mashinalarining harakati to‘liq yoki qisman to‘sib qo‘yilgan.
Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Polsha rasmiylarini Polsha-Ukraina chegarasida namoyishchilarning harakatlariga huquqiy baho berishga va chegara blokadasini ochishni ta’minlashga chaqirdi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Markaziy bankning banklarda tekshirish o‘tkazish tartibi o‘zgaradi
O‘zbekiston | 07:51
-
Avstraliya Tayvan uchun urush boshlangan taqdirda o‘ziga hech qanday majburiyatni olmaydi
Jahon | 07:47
-
Farmatsevtika agentligining asosiy vazifalari qayta ko‘rib chiqiladi
O‘zbekiston | 07:43
-
Londonda Palestine Action tashkiloti tarafdorlari qo‘lga olindi
Jahon | 07:30
Mavzuga oid

21:32 / 14.07.2025
Zelenskiy iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenkoga Ukraina bosh vaziri lavozimini taklif qildi

15:14 / 14.07.2025
Ukrainadagi urushda 66 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi – BBC

14:43 / 14.07.2025
AQSh senatori Grem: Ukrainadagi urush burilish nuqtasiga yaqinlashmoqda

13:55 / 14.07.2025