Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda ichimlik va oqova suv tariflari oshiriladi
Namangan viloyatida ichimlik suvi ta’minoti aholi uchun 3500 so‘mgacha, oqova suv narxi esa 800 so‘mgacha oshirilmoqda. Bu haqda xalq deputatlari viloyat kengashi tomonidan qaror qabul qilindi.
22 fevral kuni xalq deputatlari Namangan viloyati kengashining navbatdagi sessiyasida ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun yangi tariflar belgilandi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, 30 yanvar kuni viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov «Namangan suv ta’minoti» kompaniyasida bo‘lgan. Soha mutaxassislari viloyat rahbariga aholi uchun 1 kub metr ichimlik suvga 4000 so‘m narx belgilashni taklif etgan.
Hokim bu summani kamaytirish uchun topshiriq berib, uning manbalarini ham ko‘rsatib o‘tgan. Jumladan, eng avvalo, tizimdagi «rejalashtirilgan yo‘qotish» ko‘rsatkichlarini kamaytirish lozimligini ta’kidlagan.
Shunday qilib, viloyatda ichimlik suvi uchun yangi tariflar deputatlar qarori bilan (kub metri uchun) quyidagicha etib belgilandi:
- aholiga — 3500 so‘m (bungacha 2550 so‘m bo‘lgan);
- budjet va boshqa tashkilotlarga — 7000 so‘m (bungacha 3350 so‘m).
Kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflar:
- aholiga — 800 so‘m (bungacha 700 so‘m);
- budjet va boshqa tashkilotlarga — 975 so‘m (850 so‘m).
Yangi tariflar qachondan boshlab kuchga kirishi noma’lum.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinadi
O‘zbekiston | 09:47
-
Rossiya Axios'ning Putinning Eron bo‘yicha pozitsiyasi haqidagi ma’lumotini rad etdi
Jahon | 09:45
-
Xorijiy fuqarolarni texnikumlarga o‘qishga qabul qilish jarayoni soddalashtiriladi
O‘zbekiston | 09:41
-
YeI AQShga qarshi javob bojlarini joriy etishni 1 avgustga qoldirdi
Jahon | 09:39
Mavzuga oid

20:44 / 07.07.2025
Chorvoq suv omboriga oqova suv quyilayotgani rad etildi

07:44 / 04.07.2025
Oqova suv tizimini boshqarish sohasida innovatsion yechimlar joriy etiladi

09:39 / 01.07.2025
Namanganda qalbaki valuta sotuvchilar qo‘lga olindi

18:51 / 11.06.2025