Superliga uchun titul homiy qidirilmoqda

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston Professional futbol ligasi turnir homiysi bo‘lishni istovchi tashkilotlar bilan muzokara o‘tkazishga tayyor. Bu haqda liga matbuot xizmati xabar bermoqda.
«O‘zbekiston Superligasiga bo‘lgan qiziqish yildan yilga ortib borayotgani sir emas. O‘zbekiston Professional futbol ligasi dunyoning eng kuchli 45 ligasini o‘zida birlashtirgan tashkilot a’zosiga aylangach, Liga qamrovi yanada kengaydi.
Bugunga kelib Superliga O‘zbekiston hududida o‘tkaziladigan eng ommabop ichki sport musobaqasi bo‘lib turibdi.
Mamlakatning 17 futbol klubi Osiyo futbol konfederatsiyasining litsenziyalash talablarini bajarib, bu borada qit’a yetakchisiga aylanib oldi. Shundan kelib chiqib, 2025 yildan boshlab Superliga ishtirokchilari soni 16 taga yetkaziladi», deyiladi xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, Coca-Cola bilan homiylik bo‘yicha hamkorlik muddati yakunlangan.
«Mashhur brend Coca-Cola so‘nggi 5 mavsum davomida Superliga titul homiysi bo‘ldi. Liga hamda Coca-Cola endilikda bu hamkorlikni so‘nggi yillarda yangi bosqichga chiqqan O‘zbekiston kubogi musobaqasida davom ettiradi. Kelishuv asosida Coca-Cola o‘z e’tiborini nafaqat professional, balki ommaviy futbol musobaqalariga ham qaratishni maqsad qildi.
Superliga Osiyo qit’asida o‘z obro‘siga ega musobaqa bo‘lib, uning xorijiy kuzatuvchilari safi tobora kengayib bormoqda. Respublikaning eng oldi stadionlari, Liga rasmiy veb-sayti, Liganing ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, Superliga uchun chiqarilgan har bir chipta, matbuot anjumanlari va flesh-intervyular press-hollari, teletranslatsiyalar davomidagi chiqishlar Sizning brendni aks ettiradi. Liga bu borada homiy tashkilotlar bilan muzokara o‘tkazishga tayyor», deyiladi xabarda.
Liga bilan aloqaga chiqish istagida bo‘lganlarlar uchun:
+998 71 2309058
+998 94 6333443
info@pfl.uz
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda Marsdan tushgan meteorit auksion orqali sotuvga qo‘yiladi
Jahon | 00:02
-
Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi
Jahon | 23:39 / 03.07.2025
-
Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan shaxsni zararsizlantirdi, bankdan 90 ming dollar talon-toroj qilganlar ushlandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:36 / 03.07.2025
-
Odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlik ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
Jamiyat | 23:33 / 03.07.2025
Mavzuga oid

14:08 / 14.04.2025
«Paxtakor» yana yutqazdi, peshqadam yana o‘zgardi

14:40 / 07.04.2025
«Paxtakor» «So‘g‘diyona»ga ham yutqazdi, «Bunyodkor» birinchi o‘rinda

17:43 / 30.11.2024
Superliga. «Metallurg» «Nasaf»ni mag‘lub etib «Lokomotiv»ni Proligaga ravona qildi, OKMK o‘z tarixida ilk bor kumush medallarni qo‘lga kiritdi

19:03 / 18.11.2024