Qotillik va bosqinchilik uchun 13 yil qidiruvda bo‘lgan erkakka hukm o‘qildi
2010 yil noyabr oyida tanishining uyida bosqinchilik sodir etib, uni o‘ldirgan shaxs Rossiya Federatsiyasiga qochib ketadi. 13 yil davomida qidiruvda bo‘lgan erkak 2023 yilning 22 mart kuni ikki mamlakat maxsus xizmatlari tomonidan o‘tkazilgan operatsiyada qo‘lga olingan va O‘zbekistonga olib kelingan.

Ma’lum bo‘lishicha, 1982 yilda tug‘ilgan sudlanuvchi 2010 yil sentabr oyida Toshkent shahridagi Sergeli avtomobil bozorida ishlovchi 1976 yilda tug‘ilgan N.Shodmonova bilan tanishadi. Keyin ular ishqiy munosabatlarda bo‘lib, Chilonzor tumanidagi Shodmonovaga tegishli xonadonda birga yashay boshlaydi. Shundan keyin ular birgalikda avtomobil oldi-sotdisi bilan shug‘ullanadi. Bu vaqt davomida sudlanuvchida Shodmonovaning pul mablag‘larini jinoiy yo‘l bilan egallash niyati paydo bo‘ladi.
Sudlanuvchi 2010 yil 15 noyabr kuni soat taxminan 23:00 larda ayolni yotoqxonasida bo‘yin qismini tirsagining ichki qismi bilan bo‘g‘ib o‘ldiradi va 7 ming AQSh dollari hamda 5 mln so‘m (jami 16 mln 403 ming so‘m) pul mablag‘larini olib, voqea joyidan yashirinadi.
Sud-tibbiyot ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, marhumaning o‘limi “bo‘yin qismini qattiq jism bilan bo‘g‘ish oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya natijasida yuzaga kelgan”ligi aniqlangan.
2023 yilning 22 mart kuni Rossiya Federatsiyasida hamkorlikda tegishli organ xodimlari tomonidan erkakni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus tadbir tashkil etiladi. Natijada o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgani uchun 13 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan erkak qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinadi.
Shu yil 26 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-modda ikkinchi qismi “i” bandi (tamagirlik niyatida qasddan odam o‘ldirish) va 164-modda birinchi qismida (bosqinchilik) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.
Unga 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00 / 09.06.2025
-
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi
O‘zbekiston | 00:28
-
Britaniyada 400 mingdan ortiq davlat xizmatchisi sun’iy intellektdan foydalanishga o‘qitiladi
Fan-texnika | 00:07
-
Navoiy uchun Xitoydan 42 ta zamonaviy avtobus olib kelindi
O‘zbekiston | 00:00
Mavzuga oid

08:28 / 01.06.2025
Tojikistondan 16 kg giyohvandlik vositasi olib kelgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

16:32 / 20.05.2025
Metro mashinisti turmush o‘rtog‘ini o‘ldirib, kanalga uloqtirib yubordi

12:28 / 10.05.2025
9 yoshli qizning o‘limiga sabab bo‘lgan BYD haydovchisi 4 yilga qamaldi

21:12 / 18.04.2025