Meteorit krateri joylashgan manzil – Xorazm milliy tabiat bog‘i
Xorazm, ayniqsa Xiva shahri tarixiy maskanlarga boy. Ichanqal’aga o‘xshash unikal maskanlar dunyoda kamdan kam topiladi. Lekin ko‘pchilik meteorit qulagan Uch o‘choq krateri haqida eshitmagani aniq. Bu ajoyib maskan va tabiatni asrash uchun tashkil etilgan Xorazm milliy tabiat bog‘iga “Manzil” bilan sayohat qiling.

Xorazm milliy tabiat bog‘i cho‘l-qurg‘oqchil zonada joylashgan bo‘lib, keskin kontinental iqlimi bilan ajralib turadi. Havo harorati yozda +43, +54 darajaga ko‘tarilishi, qishda esa -16, -28 darajagacha tushishi mumkin. Bog‘ning umumiy yer maydoni 21687,5 gektarni tashkil qiladi.
Bog‘da hayvonlarni sun’iy ko‘paytirish pitomnigi bor. U yerda Buxoro xonguli bug‘isi ko‘paytirilmoqda.
Milliy bog‘ning asosiy hududi joylashgan Tuproqqal’a tumanida Uch o‘choq kraterini uchratasiz. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Arxelogiya instituti tomonidan chop etiladigan “O‘zbekiston arxeologiyasi” jurnalining 2013 yilgi sonida bu krater qadimda meteorit qulashi natijasida paydo bo‘lgani takidlangan.
Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun maxsus
Ushbu ko‘rsatuv O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlandi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
Eron Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga zarba berish uchun raketalarni tayyorladi – OAV
Jahon | 01:54
-
Kanada Putinning sobiq rafiqasiga sanksiyalar joriy qildi
Jahon | 01:29
-
«Andijon do‘ppisi» va «So‘qoq somsasi» geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi
O‘zbekiston | 00:51
Mavzuga oid

10:00 / 07.05.2025
“Telefonda gaplashish uchun shu cho‘qqiga chiqardik” - qishloqlarda aloqa, internet qanday?

14:38 / 01.04.2025
Osiyodagi eng chuqur g‘or joylashgan qishloq – Dehibolo | Manzil

13:52 / 02.03.2025
Farg‘onada Qizil kitobga kiritilgan qushni noqonuniy saqlab kelgan fuqaro ushlandi

16:11 / 12.01.2025