Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada Qizil kitobga kiritilgan qushni noqonuniy saqlab kelgan fuqaro ushlandi
Qonunlarda belgilangan tartibga ko‘ra, mazkur ish jinoiy tartibda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Foto: Ekologiya vazirligi
Farg‘onada Qizil kitobga kiritilgan qushni sotmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olingan. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqaro I.I. Sahro lochinini (shaxin qushi) noqonuniy saqlab kelayotgani va sotuvga qo‘ygani aniqlangan.
Holat yuzasidan Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi, viloyat IIB va viloyat prokuraturasi tomonidan huquqbuzarlikka chek qo‘yish chora-tadbirlari olib borilib, huquqbuzar qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, mazkur ish jinoiy tartibda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ma’lumot uchun, Sahro lochini lochinsimonlar oilasiga mansub qush bo‘lib, O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Uni tabiatdan noqonuniy ajratib olganlik uchun Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-sonli qarori 14-ilovasiga muvofiq BHMning 1 500 barobari miqdorida (562 mln 500 ming so‘m) zarar qo‘llanadi.
Zarar miqdori BHMning 300 barobaridan ko‘pligi sababli Qizil kitobga kiritilgan qushni noqonuniy saqlagan fuqaroga tegishli ish jinoiy tartibda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17
-
Shavkat Mirziyoyev 15-20 daqiqa tirbandlikda qolib ketdi, Farhod bozorida tovlamachilik bilan shug‘ullangan jinoiy guruh a’zolari ushlandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:11
-
Estoniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketini bloklash bilan tahdid qildi
Jahon | 23:09
-
NYT: Putin Rossiya armiyasi yaqin oylarda Ukraina mudofaasini yorib o‘tishiga ishonmoqda
Jahon | 22:34
Mavzuga oid

21:13 / 31.10.2024
Tipratikan yo‘qolib ketish arafasidagi tur sifatida Qizil kitobga kiritildi

13:08 / 05.09.2024
Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklardan foydalanish tartibiga o‘zgartirish kiritildi

17:30 / 22.03.2024
Foto: Turkiston silovsini Chotqol qo‘riqxonasi kuzatuv fotoqopqoniga muhrlandi

10:28 / 14.03.2024