Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda o‘quvchilar boshqargan Gentra kanalga ag‘darilib, egizaklar suvda oqib ketdi
Avtomobil ichida jami besh nafar o‘smir bo‘lgan. Ularning uch nafari suvdan chiqa olgan, egizak bo‘lgan ikki o‘smir esa chiqa olmagan va bedarak yo‘qolgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Sirdaryo viloyati Guliston tumanida o‘quvchilar bo‘lgan Gentra kanalga tushib ketdi. Viloyat IIB holat yuzasidan dastlabki ma’lumotlarni ochiqladi.
Ma’lum qilinishicha, 14 yanvar kuni haydovchi avtomashinani Guliston tumani, Inoqlik mahallasi hududidan o‘tgan O‘ng tarmoq kanalining o‘ng tomonida joylashgan mahalliy ichki yo‘l bo‘ylab boshqarib borayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, kanalga tushib ketgan.
Bolalarning 3 nafari tirik qolgan, 2 nafari esa suvda oqib ketgan. Ikki yigit egizak bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bosh prokuratura holat yuzasidan «Daryo»ga bergan ma’lumotga ko‘ra, voyaga yetmagan M.I. tegishli hujjatlarsiz buvisi B.I. ga tegishli bo‘lgan qizil rangli Gentra’ni Guliston tumani, «Inoqlik» MFY hududidan oqib o‘tuvchi Do‘stlik kanali bo‘yidagi avtoyo‘lda boshqarib borayotib, boshqaruvni yo‘qotishi natijasida mazkur kanalga tushib ketgan va yo‘l-transport hodisasini sodir qilgan.
Voyaga yetmagan M.I. yo‘l-transport hodisasini sodir qilgan vaqtda mashinada yo‘lovchilar, uning sinfdoshlari voyaga yetmagan S.V., S.V., N.I. va D.N. bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganidan so‘ng, avtomashinadan M.I., N.I. va D.N. avtomashina oynalarini sindirib, suvdan chiqqan, biroq voyaga yetmagan S.V. va S.V. chiqolmagan.
Gentra favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilari tomonidan Do‘stlik kanalidan olib chiqilganda, voyaga yetmagan S.V. va S.V.ning murdasi topilmagan bo‘lib, hozirda ularni topish choralari ko‘rilmoqda.
Hodisa sodir bo‘lgan joy viloyat prokurori, viloyat IIB boshlig‘i, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, tuman prokurori, tuman IIB boshlig‘i ishtirokida hamda viloyat tergov-tezkor guruhi, EKB ekspertlari, favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilari, ishtirokida ko‘zdan kechirilib, protsessual tartibda bayonnoma rasmiylashtirildi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Davomli jazirama kunlar kelyapti
O‘zbekiston | 10:21
-
Surxondaryoda bo‘g‘ma va kobra ilonlar tabiatga qo‘yib yuborildi
Jamiyat | 10:08
-
YeIning yangi sanksiyalari Rossiya nefti narxini 15 foizga tushirishi mumkin
Jahon | 10:03
-
YeI kengashi Rossiyaga qarshi 18-sanksiya paketini qabul qila olmadi
Jahon | 09:51
Mavzuga oid

09:42 / 13.07.2025
Toshkentda 7 bola cho‘kishi ikki oy davomida turli kunlarda ro‘y bergan

16:09 / 12.07.2025
Toshkentda 7 nafar bola uydagi hovuzda cho‘kdi

23:32 / 30.06.2025
Sirdaryoda Lacetti va Yutong ishtirokida YTH yuz berdi. Bir yo‘lovchi halok bo‘ldi

13:44 / 27.06.2025