Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada Le Pen partiyasi Rossiya bilan aloqalari uchun sudga berildi
Fransiyaning «Radikal so‘l partiya»si Marin Le Penning «Milliy birlashuv» partiyasini korrupsiyada va Rossiya propagandasini tarqatishda ayblab, sudga berdi. So‘l radikallar jurnalistlar surishtiruviga tayanyapti.

Foto: RIA Novosti / Mixail Klimentev
Fransiyaning «Radikal so‘l partiya»si Marin Le Penning o‘ng qanot populist «Milliy birlashuv»ini «xorijiy kuch bilan maxfiy aloqalar» va «xorijiy kuchga ma’lumot uzatish»da ayblab, sudga berdi. Bu haqda 15 yanvar, dushanba kuni AFP xabar tarqatdi.
«Xorijiy kuch» deganda Rossiya nazarda tutilgan. «2014 yildan, «Milliy front» («Milliy birlashuv» 2018 yilgacha shunday nomlangan) Putinga yaqin tuzilmadan qarz olganidan beri partiya va uning rahbariyati korrupsiyaga uchragan hamda Fransiya va butun Yevropada Rossiya tashviqotini tarqatishga undagan», - deya ma’lum qildi «Radikal so‘l partiya».
Fransiyaning so‘l radikallari qator jurnalistik surishtiruvlarga tayanyapti. Xususan, dekabr oyida The Washington Post gazetasi Yevropa maxsus xizmatlaridan birining hujjatlariga tayanib, Kreml Fransiyada Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni kamaytirishga va bu mamlakatda Rossiya Federatsiyasi bilan yaqinlashish tarafdorlari sonini ko‘paytirishga urinayotgani, fransuz axborot sohasidagi tashviqotni rag‘batlantirayotgani haqida yozgan edi. WP materialiga ko‘ra, bu borada Le Pen partiyasi muhim rol o‘ynashi kerak.
Fransuz o‘ng qanot populistlariga Rossiya krediti
«Milliy front» «Birinchi Chexiya-Rossiya banki»dan (BChRB) 2014 yil sentabrida, Qrimdagi voqealardan bir necha oy o‘tib kredit olgan, Le Pen buni qonuniy harakat deb atagan. 2016 yilda BChRB bankrot deb e’lon qilindi va Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki uning litsenziyasini bekor etdi. O‘shanda kreditga bo‘lgan huquqlar chet elda aviatexnikaga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan Rossiyaning «Aviazapchast» AJga o‘tdi.
O‘ng qanot populistlari kreditni 2019 yil sentabrigacha to‘lashi kerak edi, ammo Le Parisien gazetasiga ko‘ra, ular buning uchun pul topa olmadi. «Milliy birlashuv» (yangi nom ostida) faqat 2022 yil aprel oyidan boshlab kreditni to‘lashni boshladi. Endi fransuz matbuotiga ko‘ra, Le Pen partiyasi 2028 yilgacha har uch oyda o‘rtacha 322 ming yevro to‘lashi kerak bo‘ladi.
Le Penning partiyasi Kremlga aloqador deb ko‘riladi
2023 yil iyun oyida Fransiya parlamenti Tergov komissiyasining hisoboti e’lon qilindi, unda «Milliy birlashuv» Rossiya Federatsiyasining «uzatish kamari»ga aylanib, o‘z ritorikasida «ruscha formulalar»ni takrorlayotgani bildirilgan. Xususan, partiyaning Qrim haqidagi bayonotlari «Putin rasmiy formulalarini so‘zma-so‘z takrorladi», deyiladi hisobotda. Uning mualliflari, shuningdek, Marin Le Penning partiya raisligiga kelishi Rossiya bilan «mafkuraviy va siyosiy yaqinlashuv strategiyasini tezlashtirganini» ta’kidlagan.
Le Penning o‘zi 2023 yil may oyidagi parlament eshituvlarida «hech qachon chet el ta’siri ostida bo‘lmagani» va Rossiya bankidan kredit «siyosiy majburiyatlarsiz» olingani, bu o‘sha paytda fransuz banklari «Milliy front»ga qarz berishni istamagani uchun qilinganini aytdi. Bundan tashqari, u kredit allaqachon to‘langanligini bildirib o‘tdi.
2022 yilgi Fransiyadagi prezidentlik saylovlarida Le Pen ikkinchi turga chiqdi va 41 foiz ovoz olib, amaldagi davlat rahbari Emmanuel Makronga yutqazdi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

14:47 / 14.07.2025
Fransiya mudofaa budjetini tezlashtirilgan sur’atda oshiradi

23:47 / 13.07.2025
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi

22:41 / 12.07.2025
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi

17:05 / 12.07.2025