O‘zbekiston | 12:29 / 11.01.2024
1532
1 daqiqa o‘qiladi

2023 yilda O‘zbekiston madaniy merosi ro‘yxatiga 11 ta yangi arxeologik yodgorlik kiritildi

O‘zbekistonda o‘tgan yili 11 ta yangi arxeologik yodgorlik moddiy madaniy meros obektlari milliy ro‘yxatiga kiritildi.

Foto: Madaniy meros agentligi

Xitoyning "Sinxua" davlat axborot agentligi O‘zbekiston Madaniy meros agentligi ma’lumotlariga tayangan holda, Jizzax viloyatida 11 ta yangi arxeologik yodgorlik aniqlangani haqida xabar berdi.

Shu bilan birga, arxeologiya tadqiqotlari natijasida Andijon viloyatidagi 3 ta, Surxondaryo viloyatidagi 1 ta, Toshkent shahridagi 2 ta, Toshkent viloyatidagi 1 ta, Navoiy viloyatidagi 17 ta, Samarqand viloyatidagi 74 ta – jami 98 ta yangi arxeologiya obektlari to‘g‘risida ma’lumotlar tayyorlanib, ko‘rib chiqish uchun taqdim qilindi.

Respublika miqyosida arxeologik yodgorliklarni muzeylashtirish, ularni muhofaza qilish va ularda arxeologik qazishma ishlarini olib borish uchun ruxsatnomalar berish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi, deya xulosa qiladi "Sinxua".

Mavzuga oid