Bojxonadan olib o‘tilayotgan tovar kelib chiqish mamlakati to‘g‘risida dastlabki qarorni qabul qilish tartibi joriy etiladi
Iqtisodiyot va moliya vazirining “Tovarning kelib chiqish mamlakati to‘g‘risidagi dastlabki qarorni qabul qilish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida qayta ishlash jarayonida hosil bo‘lgan tovarlarning kelib chiqish mamlakati to‘g‘risidagi dastlabki qarorni qabul qilish tartibi joriy qilinmoqda.
Tovarlarning kelib chiqish mamlakati to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha muayyan tartib va talablar belgilanadi.
Tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash uchun hujjatlarni taqdim etish va arizalarni ko‘rib chiqish uchun muayyan muddatlar belgilanadi.
Bojxona organi tomonidan qabul qilingan dastlabki qarordan norozi bo‘lgan manfaatdor shaxs tegishli tartibda shikoyat qilishi imkoniyati yaratiladi.
Bojxona organlari tovarlarning kelib chiqish mamlakati to‘g‘risida dastlabki qaror qabul qilishda shaffoflik va adolat tamoyillari asosida Jahon savdo tashkiloti (JST) va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan belgilangan xalqaro standartlarga rioya qilishlari shartligi belgilangan.
Dastlabki qaror qabul qilinganligi uchun belgilangan miqdorda bojxona yig‘imi undiriladi.
Dastlabki qarorga bojxona organining tashabbusi bilan o‘zgartirish kiritilgan taqdirda, bojxona yig‘imi undirilmaydi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron oliy rahbari vafot etgan taqdirda uch nafar o‘rinbosari nomini aytdi – OAV
Jahon | 19:42
-
Belarus muxolifati vakili Sergey Tixanovskiy qamoqdan ozod etildi
Jahon | 19:22
-
"Prezident tashrifi bo‘lishi aniq, lekin vaqti noma’lum" - Britaniya elchisi bilan suhbat
O‘zbekiston | 19:10
-
Erondan 60 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi
O‘zbekiston | 19:06
Mavzuga oid

14:45 / 18.06.2025
Ayrim tovarlarni bojsiz olib kirish normalari o‘zgartirildi

09:59 / 11.06.2025
Ayrim mahsulotlarning tasnifiy kodi o‘zgartirilmoqda

07:52 / 15.04.2025
Faqat birja orqali sotiladigan tovarlar ro‘yxati kengaytirildi

14:30 / 09.04.2025