Faqat birja orqali sotiladigan tovarlar ro‘yxati kengaytirildi

Sun’iy intellekt chizgan surat
Vazirlar Mahkamasining «Zamonaviy birja mexanizmlarini joriy etish orqali birja savdolarida narxlar o‘zgarishining oldini olishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
2025 yil 15 iyuldan boshlab monopol korxonalar va (yoki) ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxs, ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan:
- xlorid va nitrat kislotalari;
- natriy sianid;
- gipoxlorit natriy;
- suyuq azot, suyuq xlor;
- rux belilasi;
- ferromolibden, bazalt, fosforit va dolomit uni mahsulotlarini barcha xaridorlarga ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida sotiladi.
Hujjat bilan O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasida ikki tomonlama qarama-qarshi auksion orqali birja savdolarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Ma’lumot uchun: ikki tomonlama qarama-qarshi auksion birja savdolarida amalga oshiriladigan va bir vaqtning o‘zida tovarlarni sotish bo‘yicha o‘z takliflarini kirituvchi sotuvchilar hamda sotib olish uchun o‘z takliflarini taklif qiladigan xaridorlar ishtirok etadigan auksion.
Tovarlarni ikki tomonlama muqobil auksion rejimida savdoga qo‘yishga ruxsat berishga birjaning Listing komissiyasi tomonidan ularni birja kotirovkalash varag‘iga kiritish yo‘li bilan yo‘l qo‘yiladi.
Birja kotirovkalash varag‘iga kiritiladigan tovarlar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:
- birja savdolariga ulgurji partiyalarda qo‘yilishi;
- yuqori likvidli, o‘zgarmas sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi;
- tovar savdoga muntazam ravishda (murojaatlar doimiyligi) qo‘yib borilishi va sotilishi;
- tovarni savdoga qo‘yish vaqtida ularning oldindan ko‘zdan kechirish talab qilinmasligi;
- majburiy tartibda muvofiqligi baholanishi lozim bo‘lgan mahsulotlarning muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarning bo‘lishi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiyada uchta katta shahar rahbarlari hibsga olindi
Jahon | 16:16
-
Toshkentda elektr uzilishlari ko‘paydi. HET buni “qishga tayyorgarlik” bilan izohladi
O‘zbekiston | 15:51
-
YUNISEF: Ukrainada tobora ko‘proq bolalar urush qurboniga aylanmoqda
Jahon | 15:44
-
May oyida O‘zbekistonga 1,1 mlndan ortiq sayyoh tashrif buyurdi
O‘zbekiston | 15:43
Mavzuga oid

14:45 / 18.06.2025
Ayrim tovarlarni bojsiz olib kirish normalari o‘zgartirildi

09:59 / 11.06.2025
Ayrim mahsulotlarning tasnifiy kodi o‘zgartirilmoqda

12:26 / 26.05.2025
Birjaga chiqariladigan oltin hajmi oshiriladi

09:46 / 22.05.2025