Rossiya Tergov qo‘mitasi «Roskosmos» rahbari o‘rinbosarini firibgarlikda aybladi
Tergovchilarning fikricha, Oleg Frolov o‘z mansab mavqeyini suiiste’mol qilgan va boshqa ikki ayblanuvchi bilan birgalikda asbob-uskunalar sotib olish vaqtida kamida 435 millionni o‘g‘irlagan. Uch nafar ayblanuvchi hibsga olingan.

Foto: Yuliya Kuzmina, AVIA.RU
Rossiya Tergov qo‘mitasi (RTQ) «Roskosmos» davlat korporatsiyasi bosh direktori o‘rinbosari Oleg Frolovni katta hajmdagi firibgarlikda aybladi. Jinoyat ishi bo‘yicha yana ikki ayblanuvchi – yakka tartibdagi tadbirkor va tijorat tashkiloti vakiliga ham xuddi shunday ayblovlar qo‘yildi, deb xabar berdi 22 dekabr, juma kuni mahkama.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Frolov o‘z mansab mavqeyidan foydalangan va ikki kishi bilan jinoiy til biriktirgan. Tergov qo‘mitasining ta’kidlashicha, shartnomani bajarish paytida ular kamida 435 million rubl miqdorida asbob-uskunalar sotib olish uchun budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan. Sud ayblanuvchilarni qamoqqa olishga qaror qildi.
«Roskosmos» mansabdor qo‘lga olinganini tasdiqladi
Davlat korporatsiyasi yuqori martabali vakilining qo‘lga olinganini tasdiqladi. «Roskosmos»ning ta’kidlashicha, jinoiy ish bo‘yicha ayblovlar va tergov harakatlariga oid tafsilotlar Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi yurituvida.
2015 yildan beri Rossiya raketa-kosmik sanoati korxonalarining kamida 9 nafar xodimi qamoq jazosiga hukm qilingan, deya xabar beradi TASS agentligi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Farg‘onada fuqarolarni xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:39
-
Rossiya muxolifati Mersdan siyosiy mahbuslarni ozod qilishda yordam so‘ramoqda
Jahon | 14:35
-
Tramp Rossiya hech qachon NATOga hujum qilmasligiga va’da berdi - The Washington Post
Jahon | 14:33
-
Qirg‘izistonda qirg‘iz tilining mavqeyi oshirilmoqda
Jahon | 14:20
Mavzuga oid

16:26 / 10.05.2025
«Kosmos-482» Hind okeaniga quladi - «Roskosmos»

21:31 / 23.09.2024
Ichida XKS kosmonavtlari bo‘lgan kapsula Qozog‘iston hududiga kelib qo‘ndi

12:12 / 22.03.2024
«Roskosmos» «Soyuz»ning XKSga uchirilishi nima sababdan bekor qilinganini ochiqladi

09:26 / 29.12.2023