Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aziz Voitov qamoqqa olindi
Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib tergov qilinmoqda. U jinoyat ishi doirasida ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Foto: Kun.uz
Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov qo‘lga olingan. Kun.uz manbasiga ko‘ra, u iqtisodiy jinoyatlar bilan bog‘liq ish yuzasidan tergov qilinmoqda.
Aziz Voitov 1980 yilda tug‘ilgan, Toshkent moliya institutini «Soliq va soliqqa tortish» mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan (2001) hamda Oliy ishbilarmonlik maktabida «Biznes boshqaruvi» bo‘yicha tahsil olgan (2010).
Aziz Voitov muqaddam «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» ATB boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan. 2020 yil martidan investitsiyalar va tashqi savdo vazirining (o‘sha vaqtda Sardor Umrzoqov) birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan, 2022 yil avgustida qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga tayinlangan, 2023 yil yozida Sardor Umrzoqov prezident administratsiyasi rahbarligidan ketishi ortidan 2023 yil oktyabr oyida vazirlik rahbarligidan olingandi.
UPD. Oliy sud matbuot xizmati Aziz Voitov qamoqqa olinganini tasdiqladi. Sobiq vazir Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 205-moddasi 2-qismi “a” bandida (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish oqibatida juda ko‘p miqdorda zarar yetkazish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

23:54 / 13.03.2025
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi

13:20 / 13.03.2025
Bosh prokuraturada jinoyatchilikning oldini olish masalasida idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

11:44 / 05.03.2025
Bosh vazirga 117 ta vazirlik va idoradagi «korrupsiyaga qarshi ichki nazorat» tuzilmalari rahbarlarini ishdan olish topshirildi

11:30 / 05.03.2025