Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Murodjon Ahmadaliyev nokaut evaziga g‘alaba qozondi
Ahmadaliyev jangni katta ustunlik bilan o‘tkazdi. Meksikalik raqib uch bor nokdaun holatiga tushib qoldi. 8-raundga kelib esa referi texnik nokaut qayd etdi.

Foto: Ed Mulholland / Matchroom boxing
Ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida WBA va IBF yo‘nalishlarida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev (12-1, 9KO) navbatdagi jangida ham muddatidan ilgari g‘alaba qozondi.
WBA chempionlik kamari uchun eliminator maqomidagi jangda u meksikalik Kevin Gonsalesga (26-1-1, 13KO) qarshi ringga chiqdi.
Murodjon avvaliga 6 raundda raqibini ikki marta nokdaun holatiga tushirdi.
Sakkizinchi raundda esa raqib yana ikki marta yerga quladi va hakam jangni to‘xtatishga qaror qildi.
Shu tariqa, Murodjon Ahmadaliyev o‘zi boy bergan WBA chempionlik kamari uchun yana birinchi da’vogarga aylandi. Endilikda u Naoye Inoue va Marlon Tapales jangi g‘olibiga qarshi chempionlik uchun ringga ko‘tarilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
«Bugungi g‘alaba bilan men qaytdim. Yanada kuchli va tezkor bo‘lib qaytdim. Kim aslida chempion ekanini ko‘rsatishni istagandim. O‘sha chempion menman. Avvalgi mag‘lubiyat meni yanada kuchli qildi.
Kamarimni qaytarib olaman. Istalgan raqibga qarshi jang qilishga tayyorman. Kamarlar meniki. Shunchaki manzilni ayting, ringga chiqaman», - deydi Murodjon Ahmadaliyev jangdan so‘ng.
U 2023 yil aprel oyida IBF kamari uchun majburiy da’vogar Marlon Tapalesga (37-3, 19 KO) qarshi ringga chiqqqan va 12 raundlik jang yakunida hakamlar kichik ustunlik bilan filippinlik sportchining g‘alabasini qayd etishgandi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moddiy madaniy meros obektlarini ijaraga berish onlayn auksion orqali amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 07:53
-
Rossiyada Army SOS fondi «nomaqbul tashkilot» deb tan olindi
Jahon | 07:41
-
Narkologik kasallikka yo‘liqqan mahkumlarga mehnat terapiyasi qo‘llanishi mumkin
O‘zbekiston | 07:36
-
Rossiya Polshaning Kaliningraddagi konsulligini yopishga qaror qildi
Jahon | 07:34
Mavzuga oid

11:56 / 07.07.2025
Navbahor Hamidova jahon kubogida g‘olib chiqqan ilk o‘zbekistonlik ayol bokschi bo‘ldi

22:13 / 20.06.2025
Yaponiyalik bokschi chempionlik unvoni uchun jangdan so‘ng xotirasini yo‘qotdi

10:48 / 31.05.2025
Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik bokschidan ustun keldi

09:55 / 31.05.2025