Qiziriq tumanida Isfara mikro GES-1 ish faoliyatini boshladi
Zamonaviy taraqqiyot yo‘lini tanlagan O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlar qatorida milliy iqtisodiyotimizning muhim quvvat manbai hisoblangan gidroenergetika tarmog‘i ham izchil rivojlanmoqda.

Aytish joizki, zamonaviy O‘zbekistonimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan jadal va keng ko‘lamli islohotlar qatorida energetika tarmog‘ining ajralmas bo‘g‘ini hisoblangan gidroenergetika sohasida ham izchil islohotlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda. So‘nggi yillarda investitsiyaviy loyihalar asosida yangi gidroelektr stansiyalarni qurish, uzoq yillardan buyon ishlab kelayotgan GESlarni zamon talablari asosida modernizatsiya qilish ishlari yuqori sur’atlarda amalga oshirilmoqda.
Aytib o‘tish lozimki, Surxondaryo viloyatining gidroenergetik salohiyatini to‘liq ishga solish va bu boradagi ishlarni jadallashtirish borasida bir qancha yirik loyihalar amalga oshirilayotganidan xabaringiz bor. Bu borada muhtaram prezidentimiz Shavkat Miromonovichning joriy yil 17-18 noyabr kunlari To‘palang GESda amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari hamda Zarchob-3 GESning qurilishi boshlanishiga start berish jarayonlariga guvoh bo‘ldik.
Bugun, 15 dekabr – Qiziriq tumani Isfara kollektorida Isfara mikro GES-1 ning ochilish marosimi o‘tkazildi.
Mazkur mikro GESning quvvati 230 kVt, o‘rtacha yillik 1 076 000,0 kVt.soat elektr energiya ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.
Isfara-1 mikro GESda ishga tushirilishi natijasida mahallabay tizim orqali Yangikent mahallasining 460 ta xonadoni elektr energiyasi bilan ta’minlanadi va 5 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
O‘zbekistonda ilk bor mazkur GESda barcha uskunalar mahalliy ishlab chiqarish doirasida 100% o‘zimizda ishlab chiqarilgan. Tizim tashkiloti hisoblangan “Suvsanoatmash” AJda GES uchun zaruriy bo‘lgan barcha jihozlar ishlab chiqarildi. Asosiysi, arzon va ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqarilishi ta’minlanmoqda.
Loyiha doirasida 60 m uzunlikdagi kanalda rekonstruksiya ishlari, suv to‘sish inshooti, suv bo‘lish inshooti, bosimli havza inshooti qurilishlari, bosimli quvur (50 m) o‘rnatish, quvvat uzatish liniyasi kabi qurilish montaj ishlari amalga oshirildi.
Aytish lozimki, gidroenergetika sohasining taraqqiyoti mamlakatimizda elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish bilan birga, yangi GESlar qurilayotgan, modernizatsiya qilinayotgan gidrotexnik inshootlar joylashgan hududlar aholisining turmush farovonligini oshishiga, ishlab chiqarish sub’yektlarining elektr quvvatlari bilan ta’minlanishiga, tom ma’noda, xalqimiz farovonligi ortishiga mustahkam zamin yaratadi.
“O‘zbekgidroenergo” AJ axborot xizmati
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston milliy jamoasining barcha vakillari mukofotlanadi
Sport | 11:31
-
Rossiyalik oligarxlar YeI sanksiyalari bo‘yicha sud jarayonida navbatdagi mag‘lubiyatga uchradi
Jahon | 11:22
-
O‘rmon xo‘jaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 11:17
-
Tesla va Trampning firmalari aksiyalari Mask bilan bahsdan keyin quladi
Jahon | 11:13
Mavzuga oid

20:38 / 18.04.2025
2025 yilda quvvati 65 megavatt bo‘lgan mingdan ortiq mikro GES quriladi

08:35 / 14.04.2025
Malayziya O‘zbekistondagi daryo va kanallarda kichik GESlar qurishi mumkin

17:34 / 05.04.2025
Norin daryosida ikkinchi GES qurilishi boshlandi

13:38 / 28.03.2025