Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Bryusselda narkotiklar bo‘yicha «YeI – Markaziy Osiyo» muloqotida ishtirok etdi
Belgiya poytaxtidagi Yevropa Ittifoqi kengashida narkotiklar bo‘yicha «YeI – Markaziy Osiyo» muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo
«Dunyo» xabariga ko‘ra, tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori Sadirdin Boydedayev boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi, Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarining giyohvandlikka qarshi kurash idoralari, shuningdek, mintaqa davlatlarining Yevropa Ittifoqidagi diplomatik vakolatxonalari vakillari ishtirok etishdi.
Narkotiklar bo‘yicha «YeI – Markaziy Osiyo» muloqoti - bu xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va narkotiklar bo‘yicha davlatlar siyosatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muntazam ko‘p tomonlama uchrashuv hisoblanadi. Ushbu muloqot Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari va YeI o‘rtasidagi sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, narkotik moddalar savdosiga qarshi kurash va mintaqaviy hamda xalqaro darajada xavfsizlikka hissa qo‘shishga qaratilgan.
Uchrashuv ishtirokchilari YeI va Markaziy Osiyo mintaqasi, shuningdek, qo‘shni Afg‘onistondagi narkotik moddalar bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan fikr almashdilar. Mintaqaviy hamkorlik masalalari, jumladan, Markaziy Osiyoda giyohvand moddalar tarqalishining oldini olish bo‘yicha KADAP dasturi doirasidagi vazifalar muhokama qilindi.
Narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi global miqyosda ekanini inobatga olgan holda, Markaziy Osiyo va Yevropa mamlakatlari uchun ushbu muammoga qarshi kurashish bo‘yicha ilg‘or tajriba almashishni davom ettirish va bu borada amaliy hamkorlikni mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Litvada qo‘lga oldi
Jamiyat | 23:47 / 08.07.2025
-
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish tartibi bekor qilinadi, xorijdan qaytgan fuqarolar majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:35 / 08.07.2025
-
AQSh import bojlaridan keladigan daromad 300 mlrd dollardan oshishini kutmoqda
Jahon | 23:23 / 08.07.2025
-
Jazirama ortda qoldi. Oldinda – mo‘tadil yoz
Jamiyat | 23:03 / 08.07.2025
Mavzuga oid

18:52 / 06.07.2025
Xitoy YeIdan tibbiy uskunalar importiga cheklov joriy etdi

11:48 / 05.07.2025
YeIdan ikki tashkilot Rossiyadagi «nomaqbul» tashkilotlar reyestriga qo‘shildi

20:10 / 30.06.2025
Rossiya Yevropaning 15 ta OAV saytlariga kirishni chekladi

18:27 / 30.06.2025