Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markirovkalanmagan tamaki mahsulotlari savdosi qoidalarini ko‘p miqdorda buzish holatlari aniqlandi
Soliq organlari tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida o‘tkazilgan tekshirishlar davomida alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi qoidalarini ko‘p miqdorda buzish holatlari aniqlandi.

Foto: Ruslan Pryanikov
2021 yil 1 yanvardan alkogol va tamaki mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash joriy etilgan.
Joriy yilning oktyabr-dekabr oylari davomida raqamli markirovkalanmagan 1,9 mlrd so‘mlik 168,7 ming dona alkogol va 0,9 mlrd so‘mlik 81,4 ming dona tamaki mahsulotlari olib qo‘yildi.
Raqamli markirovkalarning yo‘qligi bir qator salbiy oqibatlarga olib keladi:
Birinchidan, tovarning kelib chiqish manbasini aniqlab bo‘lmaydi, bu esa sog‘liqqa jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan kontrafakt va qalbaki mahsulotlarni aholiga sotish xavfini sezilarli darajada oshiradi.
Ikkinchidan, markirovkalanmagan mahsulotlar savdosi natijasida majburiy bo‘lgan soliqlar va yig‘imlarning to‘lanmay qolishi davlat budjetiga zarar keltiradi.
Uchinchidan, “uddaburon” tadbirkorlar tomonidan alkogol va tamaki mahsulotlarining soliq va yig‘imlar to‘lanmagan holda realizatsiya qilinishi intizomli tadbirkorlar uchun raqobat maydonida tengsizlikni keltirib chiqaradi.
Soliq organlari tomonidan kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining oldini olish, davlat budjeti tushumlarini o‘z vaqtida va to‘liq ta’minlash, shuningdek, iste’molchilar va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish maqsadida murojaatlar asosida alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanuvchi 572 ta sub’yektda tekshiruvlar o‘tkazildi.
Natijada qonun buzilishlarga yo‘l qo‘ygan 491 ta xo‘jalik sub’yektlariga nisbatan Soliq kodeksining 227-1-moddasiga muvofiq 49,9 mlrd so‘mlik moliyaviy jarimalar qo‘llanildi. 4 ta holatda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar alkogolli mahsulotlarni sotishdan budjetga undiriladigan soliq tushumlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, noyabr oyida o‘tgan 10 oydagi soliq tushumlariga nisbatan 189 foizga oshgan (134 mlrd so‘mga nisbatan 252 mlrd so‘m).
Joriy yilda alkogol va tamaki mahsulotlari aksiz solig‘i bo‘yicha davlat budjetiga tushumlarning umumiy prognozi 4,4 trln so‘m.
Soliq qo‘mitasi sotuvchilarni Soliq kodeksining 227-1- moddasida nazarda tutilgan jazo choralarini (oxirgi hisobot choragidagi sof tushum miqdorida) hisobga olishga, alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilishning qonuniy tartibini buzmaslikka chaqirgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent shahar hokimligi O‘rikzor bozori yopilishi haqidagi xabarlarni rad etdi
Jamiyat | 18:22
-
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06
-
Renault Fransiya prezidenti uchun zirhli Rafale ishlab chiqardi
Fan-texnika | 17:31
-
3–6 yoshli bolalar uchun «Ilk rivojlanish markazi» tashkil etiladi
Jamiyat | 17:13
Mavzuga oid

12:21 / 12.12.2024
Sut mahsulotlarini markirovkalash boshlanadi

18:32 / 06.08.2024
Qalbaki markirovkali tovarlar savdosi uchun jinoiy javobgarlik joriy etilishi mumkin

08:51 / 03.06.2024
Markirovkalash uchun zarur bo‘ladigan uskunalar bojxona bojidan ozod qilinadi

13:54 / 12.01.2024