Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturidagi imtiyozlar ma’lum qilindi
“20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan fuqarolarni ishga qabul qilganlarga mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan imtiyoz berilmoqda.
“Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’yektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora‑tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Soliq kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun Qonunchilik palatasi majlisida qabul qilinib, Senatga yuborildi.
Qonunchilik palatasi deputati Javlon Ergashevning yozishicha, Soliq kodeksiga “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlik sub’yektlariga, ular yaratgan yangi ish o‘rinlariga qarab tegishli soliq imtiyozlari va preferensiyalar taqdim etishni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritiladi. Kodeksda ko‘zda tutilgan qo‘shilgan qiymat, foyda solig‘i hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan tashqari barcha soliqlarni ular yaratgan yangi ish o‘rinlari soniga qarab bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati taqdim etilmoqda. Jumladan:
— 51 tadan 100 gacha yangi ish o‘rin yaratilganda - uch oygacha;
— 101 tadan 200 gacha yangi ish o‘rin yaratilganda - olti oygacha;
— 200 tadan ortiq yangi ish o‘rin yaratilganda - o‘n ikki oygacha, etib ifodalandi.
Bunda bo‘lib-bo‘lib to‘lash soliq to‘lovchining murojaati asosida hamda belgilangan foizlar hisoblanmagan holda, shuningdek ushbu kodeks 101-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim qilmagan holda va moliyaviy holati tahlil qilinmasdan taqdim etiladi.
Yana bir imkoniyat — “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolarni ishga qabul qilgan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etgan yuridik shaxslarga mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan imtiyoz berilmoqda.
Bunda, soliq imtiyozi miqdori, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yangi ish o‘rinlar sonidan kelib chiqib quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
— 51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda – belgilangan soliq stavkasining 50 foizi;
— 101 dan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda – belgilangan soliq stavkasining 75 foizi;
— 200 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilganda esa – ushbu soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi.
Korxona ishga qabul qilingan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolarga kamida 1 yil davomida har oy mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir baravari miqdoridan kam bo‘lmagan ish haqini to‘lab bandligini ta’minlashi lozim bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tailanddagi O‘zbekiston fuqarolaridan Kambodja bilan chegaradosh hududlarga bormaslik so‘raldi
O‘zbekiston | 11:29
-
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23
-
KHAYning Beshqayrag‘och - Beruniy qismi vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 11:11
-
Kiyevda korrupsiyaga qarshi idoralar mustaqilligi uchun namoyishlar davom etmoqda
Jahon | 11:06
Mavzuga oid

15:53 / 06.06.2024
“Haqiqiy biznesmen raqobat tarafdori bo‘ladi” - Doniyor G‘aniyev JSTga a’zolik haqida

09:39 / 03.06.2024
Prezidentning tadbirkorlar bilan muloqoti joriy yilda Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tadi

18:29 / 30.05.2024
“Bu tadbirkorlarning qo‘rquvda yashashiga olib keladi” – mutaxassis bozor narxlari asosida soliq hisoblanishi haqida

10:07 / 30.05.2024