Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston poytaxtini 2035 yilgacha rivojlantirish uchun 6,3 trln tanga sarflanadi

Ostonaning bosh maydoni. Foto: top-fon.com
Ostonada shaharning 2035 yilgacha amalga oshirilishi nazarda tutilgan yangi bosh rejasi loyihasi muhokamaga olib chiqildi, deb xabar beradi Orda.kz.
Yangi shaharsozlik hujjatiga ko‘ra, Qozog‘iston poytaxti aholisini 2035 yilgacha 2,3 million kishiga yetkazish nazarda tutilgan. Ayni paytda shahar aholisi 1 mln 350 ming kishi atrofida.
Bosh rejaga ko‘ra, poytaxt aholisining turarjoy bilan ta’minlanganlik darajasi kishi boshiga hozir 21,1 metr kvadratdan 30 metr kvadratga oshishi kerak.
Shaharning turarjoy fondi joriy yilda qariyb 25 million metr kvadratni tashkil qiladi va kishi boshiga o‘rtacha ta’minlanganlik darajasi 21,1 metr kvadratga teng. 2035 yilga borib Ostonaning turarjoy fondini 68 million 250 ming metr kvadratgacha oshirish nazarda tutilgan.

«Bosh reja bilan hisobot muddatigacha umumta’lim muassasalarida o‘quvchi o‘rnini 257,4 mingga yoki 164 ta maktabgacha yetkazish nazarda tutilgan. Ayni paytda shaharda 94 ming 341 o‘rinli 100 ta maktab faoliyat ko‘rsatmoqda. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini rivojlantirish uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘rinlar soni 82,7 mingga oshiriladi», — deyiladi hujjatda.
Shuningdek, Bosh rejada injyenerlik va transport infratuzilmasini rivojlantirish, tabiiy muhitni asrash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish belgilab qo‘yilgan. Barcha tashabbuslarni amalga oshirish uchun 6,3 trln tanga (qariyb 13,7 mlrd dollar) talab qilinadi.
Faqat turarjoylar qurish uchun 4,4 trln tanga kerak bo‘ladi. Yangi muassasalar va korxonalar barpo etishga 752,5 mlrd tanga ketadi. Transport infratuzilmasini sozlashga 545,3 mlrd, elektr ta’minotiga 402,2 mlrd tanga talab etiladi.
Shuningdek, gaz ta’minoti (68 mlrd tanga), suv ta’minoti (63,4 mlrd tanga), kanalizatsiya (23,2 mlrd tanga), issiqlik ta’minoti (28,8 mlrd tanga) va tabiatni asrash bo‘yicha tadbirlar (21,5 mlrd tanga) uchun xarajatlar ham nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

18:56 / 15.07.2025
Qozog‘istonning FlyArystan aviakompaniyasi Toshkentga yangi qatnovni yo‘lga qo‘ydi

18:21 / 14.07.2025
Qozog‘istonda dunyodagi eng qimmat metall qazib olinadi

20:30 / 10.07.2025
Olmaotada o‘zbekistonliklar halok bo‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha sud hukmi chiqarildi

16:48 / 10.07.2025