O‘zbekiston | 10:20 / 15.11.2023
4598
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan yugurish musobaqalari o‘tkaziladi

Ommaviy yugurish musobaqasi respublikaning 15 ta shahrida 3 km, poytaxtda esa 3 va 10 km masofalarga o‘tkaziladi. 

Joriy yil 19 noyabr kuni respublikaning 16 ta shahrida 18 noyabr – O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan «Yangi nafas» ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasida ushbu tadbirga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda musobaqa haqida umumiy ma’lumot berib o‘tildi. 

Ommaviy yugurish musobaqasi respublikaning 15 ta shahrida 3 km, poytaxtda esa 3 va 10 km masofalarga o‘tkaziladi. Umumiy hisobda, Toshkent shahrida o‘tadigan tadbirda 6000 mingdan ziyod, respublika miqyosida esa 100 mingdan ortiq fuqarolar ishtirok etishi kutilmoqda. 

Milliy Olimpiya qo‘mitasiga ko‘ra, an’anaga muvofiq, «Humo arena» majmuasining oldidagi maydon Toshkentda o‘tadigan poyganing start va finish nuqtasi sifatida belgilandi. Barcha hududlardagi bellashuvlarga 19 noyabr kuni soat 07:30 da start beriladi.

Mavzuga oid