Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident tibbiyot xodimlaridan bir guruhini mukofotladi
Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmon imzolandi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Tibbiyot xodimlari kuni» munosabati bilan O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh xodimlarni faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotladi.
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi» faxriy unvoni bilan
Azizov Sabit Kurbanovich - Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 1-gemodializ bo‘limi mudiri;
Nuraliyeva Gulnoza Sagdullayevna - Respublika maxsus 1-Zangiota shifoxonasi bosh pediatri.
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Maxmudova Sanobar Yusupovna - Paxtachi tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruq bo‘limi akusher-ginekologi, Samarqand viloyati;
Shek Aleksandr Borisovich - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yurak ishemik kasalliklari laboratoriyasi mudiri.
I darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan
Mamanazarov Kurban Mamarajabovich - Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali travmatologiya, ortopediya, xalq tabobati jarrohligi, neyrojarrohlik, anesteziologiya va tez tibbiy yordam kafedrasi assistenti, Surxondaryo viloyati;
Eminov Baxodir Jo‘rayevich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Farg‘ona filiali bolalar reanimatsiyasi bo‘limi anesteziolog-reanimatologi, Farg‘ona viloyati.
II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan
Jabbarov Ashir Norqobilovich - Qamashi tumani tibbiyot birlashmasining «Chim» filiali shifoxonasi rahbari, Qashqadaryo viloyati;
Qosimova Dinoraxon Siddiqovna - Chortoq tumani tibbiyot birlashmasining bolalar bo‘limi mudiri, Namangan viloyati;
Mo‘ydinova Dilbarxon Usarboyevna - Buloqboshi tumanidagi «Mayariq» oilaviy shifokorlik punkti hamshirasi, Andijon viloyati;
Xujayev Nuriddin Xurramovich - Jomboy tumani tibbiyot birlashmasining bolalar bo‘limi mudiri, Samarqand viloyati;
II darajali «Salomatlik» ordeni bilan
Aliyev Sherzod Maxmudjanovich - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining kattalar kardioxirurgiyasi bo‘limi mudiri;
Axmadaliyeva Xurshida Muxamadaliyevna - Oqoltin tumani tibbiyot birlashmasining terapiya bo‘limi mudiri, Sirdaryo viloyati;
Bobokeldiyeva Xamida Ergashevna - Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining boks-brutsellyoz bo‘limi mudiri;
Yernazarov Oralbay - Mo‘ynoq tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch qabul bo‘limi terapevti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
Karimov Murodulla Yuldashevich - Toshkent tibbiyot akademiyasining travmatologiya, ortopediya va harbiy dala jarrohligi kafedrasi mudiri;
Molayxanov Rustam Xudayberganovich - Toshkent shahridagi 4-klinik shifoxonasining jarrohlik bo‘limi shifokori;
Nurillayeva Marifat Tag‘ayevna - Navoiy viloyati endokrinologiya dispanseri endokrinologi;
Ro‘ziyeva Aziza Komunarovna - Olot tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi kardiologi, Buxoro viloyati;
Salomova Ra’no Xayrullayevna -Bo‘ka tumanidagi 10-oilaviy poliklinikasi oilaviy shifokori, Toshkent viloyati;
Tajiyeva Nargiza O‘rinboyevna - Qo‘shko‘pir tumani ko‘p tarmoqli poliklinikasi patronaj hamshirasi, Xorazm viloyati;
Tojiboyev Akmalxon Abduraxmanovich - Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filiali jarrohlik bo‘limi mudiri, Namangan viloyati;
Tojiyev Shomurod Musurmonovich - Yakkabog‘ tumani tibbiyot birlashmasining jarrohlik bo‘limi mudiri, Qashqadaryo viloyati;
To‘xtayev Tojidin Parpiyevich - Oltinko‘l tumani tibbiyot birlashmasi bosh feldsheri, Andijon viloyati.
«Do‘stlik» ordeni bilan
Berdiyev Axmad Niyozmaxmadovich - Sariosiyo tumanidagi «Guliston» oilaviy shifokorlik punktining «Karsh» tog‘li hududi patronaj feldsheri, Surxondaryo viloyati;
Jumanazarova Asilxon Dovulbayevna - Yangiqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasining «Nanay» hududiy bo‘limi bolalar shifokori, Namangan viloyati;
Malkova Yelena Mixaylovna - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining Sog‘liqni saqlash xizmati markaziy poliklinikasi tibbiy punkti terapevti;
Orazaliyev Bazarbay Xaitbayevich - Beruniy tumani tibbiyot birlashmasining jarrohlik bo‘limi jarrohi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
Raimjanov Abdulaziz Abduxafizovich - Farg‘ona shahridagi «ASAF Medical» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Farg‘ona viloyati;
Tashpanbetova Kaljan Kaldibayevna - Konimex tumanidagi «Sarjal» oilaviy shifokorlik punkti oilaviy shifokori, Navoiy viloyati.
«Sog‘lom turmush» medali bilan
Akbutayeva Dilfuza Abdumannapovna - Respublika bolalar kam invaziv va endovizual xirurgiya ilmiy-amaliy markazi katta hamshirasi;
Karimov Xusan Raimberdiyevich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Sirdaryo viloyati filiali haydovchisi;
Mustanov Abdusamat Norsaatovich - O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i;
Nasriyeva Muhabbat Djo‘rayevna - Buxoro tumanidagi 3-oilaviy poliklinikasi katta hamshirasi, Buxoro viloyati;
Raxmatullayeva Maxbuba Latifovna - Yangiyo‘l tumanidagi 72-oilaviy poliklinikasi umumiy amaliyot shifokori, Toshkent viloyati.
«Shuhrat» medali bilan
Atajanova Zamira Nurullayevna - Ellikqal’a tumani tibbiyot birlashmasining anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limi katta hamshirasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi.
Kuranbayev Rustam Alimovich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Xorazm viloyati filiali Urganch tumani bo‘limi feldsheri.
Maxamadaminova Shoira Abduvaliyevna - Yunusobod tumanidagi «Otolaringolog» xususiy klinikasi otolaringologi, Toshkent shahri.
Mo‘minova Adolat Xolmatovna - Zomin tumanidagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi hamshirasi, Jizzax viloyati.
Ravshanov Sobir Kenjayevich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Samarqand viloyati filiali Narpay tumani bo‘limi haydovchisi.
Tojiboyeva Salomatxon Davranboyevna - Izboskan tumanidagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi hamshirasi, Andijon viloyati.
Ermatov Abdumalik Abduraximovich - Furqat tumani tibbiyot birlashmasining travmatologiya punkti travmatologi, Farg‘ona viloyati.
Yakubov Raxim Kamilovich - Toshkent davlat stomatologiya institutining bolalar yuz-jag‘ jarrohligi kafedrasi professori.
O‘zbekistonda Tibbiyot xodimlari kuni noyabr oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi»da yangi yulduz porlamoqda. Joau Pedru sobiq jamoasini ayamadi va londonliklarni finalga olib chiqdi
Sport | 11:05
-
Chorvoq Darvozasi – istiqbolli ko‘chmas mulk sarmoyasi
O‘zbekiston | 11:00
-
Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida call-markaz ishga tushdi
Jamiyat | 10:37
-
Ekinlar urug‘liklarining sifatini baholash tizimi isloh qilinadi
O‘zbekiston | 10:27
Mavzuga oid

18:41 / 25.06.2025
AQShda robot ko‘krak qafasini ochmasdan birinchi yurak transplantatsiyasini amalga oshirdi

18:18 / 23.05.2025
Ijtimoiy tarmoqlar o‘smirlarda depressiyani kuchaytirishi isbotlandi

16:25 / 21.05.2025
Bolalar saratoni bo‘yicha xalqaro akademik xab tashkil etiladi

18:26 / 16.05.2025