O‘zbekistonning AQShdagi elchisi o‘rindoshlik asosida Kanadadagi elchi etib tayinlandi
Furqat Siddiqov 2017-2023 yillarda O‘zbekistonning AQSh, shuningdek, o‘rindoshlik asosida Kanada va Braziliyadagi elchisi bo‘lib ishlagan Javlon Vahobov o‘rniga tayinlangan.

Foto: TIV
O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Siddiqov o‘rindoshlik asosida mamlakatning Kanadadagi (qarorgohi Vashingtonda) elchisi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Furqat Siddiqov may oyida O‘zbekistonning AQShdagi elchisi sifatida prezident Jo Baydenga ishonch yorliqlarini topshirgan edi. Shuningdek, u oktyabr oyida O‘zbekistonning Braziliyadagi elchisi (qarorgohi Vashingtonda) etib tayinlangani to‘g‘risidagi ishonch yorlig‘i nusxasini topshirgan.
Avval O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Furqat Siddiqov 52 yoshda. U 1993 yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida «O‘zDeuElektroniks» QK, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti ishlagan.
2002 yildan beri TIV tizimida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Xususan, O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida, Pokistondagi elchi, vazirning o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Furqat Siddiqov 2017-2023 yillarda O‘zbekistonning AQSh, shuningdek, o‘rindoshlik asosida Kanada va Braziliyadagi elchisi bo‘lib ishlagan Javlon Vahobov o‘rniga tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AKFA Group "AKFA Medline Social" nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi
Jamiyat | 17:01
-
Isroil va Eron qarama-qarshiligi: voqealar rivojining eng yomon ssenariylari qanday?
Jahon | 16:36
-
Saudiya Arabistoni O‘zbekiston fuqarolari uchun onlayn viza berishni tikladi
O‘zbekiston | 16:33
-
So‘m dollarga nisbatan 4 kunda qariyb 1,6 foizga mustahkamlandi
Iqtisodiyot | 16:29
Mavzuga oid

10:27
Kanada Chubays va Putinning sobiq xotiniga qarshi sanksiyalar kiritdi

01:29 / 18.06.2025
Kanada Putinning sobiq rafiqasiga sanksiyalar joriy qildi

13:43 / 11.06.2025
Beshta davlat ikki isroillik vazirga qarshi sanksiyalar kiritdi

21:56 / 29.05.2025