Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya zavodi «Rosatom»ga boyitilgan uran yetkazib beradi
Ekologik guruhlar vakillarining fikricha, «Rosatom» Ukrainadagi urush doirasida Yevropa Ittifoqidan olingan boyitilgan urandan foydalanishi mumkin.

Foto: Picture Alliance
Fransiyaning Framatome kompaniyasiga tegishli Germaniyaning Lingen shahridagi yonilg‘i elementlari ishlab chiqarish bo‘yicha zavod boyitilgan uranni Rossiyaga jo‘natmoqchi. Bu haqda 7 noyabr, seshanba kuni Ausgestrahlt, Bündnis AgiEL, SOFA va Rossiyaning «Ekozashchita!» ekologik guruhlari ma’lum qildi. Ularning fikricha, bu ta’minot Yevropa sanksiyalarini chetlab o‘tadi.
Ekologik tashkilotlar tomonidan chop etilgan press-relizda ta’kidlanishicha, uran yakuniy oluvchisi Rossiyaning «Rosatom» davlat atom kompaniyasiga tegishli «Mashinostroitelniy zavod» bo‘lishi kerak. Ekologlar ta’kidlashicha, «Rosatom» Ukrainadagi urushda faol ishtirok etmoqda, shuning uchun davlat korporatsiyasi tomonidan boyitilgan uranni o‘z ichiga olgan ikki tomonlama maqsadli mahsulotlar harbiy foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin va Yevropa Ittifoqi sanksiyalari bilan taqiqlangan.
Shu munosabat bilan, ekologik guruhlar vakillari Germaniya Federal atrof-muhit vazirligidan Rossiyaga uran yetkazib berish bo‘yicha «noqonuniy» arizani darhol rad etishni va Lingendagi yonilg‘i elementlari zavodini yopishni talab qildi.
Ayni paytda Rossiyaga boyitilgan uranni yetkazib berish va Rossiyadan olib chiqishga rasmiy taqiq yo‘q. Biroq 2022 yil 7 aprelda Yevroparlament Rossiyadan neft, ko‘mir, gaz va yadro yonilg‘isi importiga cheklovlarni uzaytirish zarurligi to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qildi. Yevropa parlamenti, shuningdek, «mavjud va yangi yadroviy loyihalar bo‘yicha Rossiya kompaniyalari bilan hamkorlikni to‘xtatishga» chaqirdi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

09:01 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar

23:36 / 26.06.2025
Eron 400 kilodan ortiq boyitilgan uranni AQSh zarbalaridan yashirishga ulgurgan - Yevropa razvedkasi

19:45 / 20.06.2025
O‘zbekiston Rossiya bilan katta AES masalasida bitim imzoladi

16:25 / 14.06.2025