Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shaxslarni ishsiz deb e’tirof etish reglamenti tasdiqlandi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrug‘i bilan shaxslarni ishsiz deb e’tirof etish va ularga ishsizlik nafaqasini tayinlash bo‘yicha elektron davlat xizmatini ko‘rsatish to‘g‘risidagi reglament tasdiqlandi.
Davlat xizmati YaIDXP orqali Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining tuman, shahar bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatiladi.
Ariza beruvchi tomonidan to‘ldirilgan so‘rovnoma YaIDXP orqali avtomatik ravishda doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyidagi mahalliy mehnat organiga yuboriladi. Ariza kelib tushgan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi, ro‘yxatga olinganligi haqida xabar yuboriladi.
So‘ngra ishsiz o‘n kun ichida mahalliy mehnat organiga yoki mahalliy mehnat organi xodimi huzuriga maqbul keladigan ish yuzasidan taklif olish uchun borishi kerak.
Mahalliy mehnat organi ariza beruvchini ishsiz deb e’tirof etish va unga ishsizlik nafaqasini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi yoki uni ishsiz deb e’tirof etish rad etilganligi to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan xabarnomani ariza beruvchiga yuboradi.
«Aholi bandligi to‘g‘risida»gi qonunning 45-moddasiga asosan quyidagilar ishsiz deb e’tirof etilishi mumkin emas:
taklif etilgan maqbul keladigan ishni ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida uzrli sababsiz ikki marta rad etgan shaxslar;
mahalliy mehnat organiga maqbul keladigan ish yuzasidan taklif olish uchun ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida uzrli sababsiz kelmagan shaxslar;
ta’lim muassasalarida va tashkilotlarida ishlab chiqarishdan ajralgan holda tahsil olayotgan shaxslar, bundan ta’limning sirtqi shaklida tahsil olayotganlar mustasno;
qonun hujjatlariga muvofiq pensiya ta’minoti huquqiga ega bo‘lgan shaxslar (pensiya turidan qat’i nazar);
bola ikki yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilayotgan, ishlamayotgan ayollar;
ishini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan, lekin mahalliy mehnat organlarida ro‘yxatdan o‘tish paytida, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, tashkilotlarda ishlovchi yoki ularning shtatida hisobda turuvchi shaxslar;
sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish yoki axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazoga hukm qilinganlar;
fermer xo‘jaliklarining rahbarlari va xodimlari, oilaviy korxonalarning ishtirokchilari, dehqon xo‘jaliklarining rahbarlari va a’zolari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar;
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

13:39 / 16.07.2025
Germaniya biznesi o‘zbekistonlik yoshlarni stajyor va malakali ishchilar sifatida ishga jalb qiladi

15:57 / 12.06.2025
Yaponiyada o‘zbekistonlik yoshlar tashkiliy ravishda ishga joylashtiriladi

13:12 / 29.05.2025
Germaniyada hamshira sifatida ishlash uchun nomzodlar qabul qilinmoqda

10:18 / 23.05.2025