Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshi tumanida yangi shifoxona quriladi
Bu maskan boshqa tuman shifoxonalari xodimlari uchun o‘quv-amaliyot markaziga aylanishi ko‘zda tutilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida rejadan tashqari tarzda Qarshi tumani tibbiyot birlashmasiga bordi.
Uning binosi o‘tgan asrning 60-70-yillarida qurilgan. Shifoxona 228 bemor o‘rniga va poliklinika 250 qatnovga mo‘ljallangan. Hozirda tumandagi 243 ming aholiga xizmat ko‘rsatadi. Lekin bu yerdagi sharoitlar shuncha qamrovga va zamon talabiga mos emas. Ayrim jihozlarni yangilashga zarurat bor.
Prezident tibbiy bo‘limlar va xonalarga kirib, asl ahvolni ko‘zdan kechirdi. Bu yerga kelgan bemorlar bilan suhbatlashdi.
«Bugun Qashqadaryoga kelishimizdan maqsad viloyatning uch yarim millionlik aholisi turmush sharoitini yaxshilash, og‘irini yengil qilish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish. Yo‘ldan o‘tib ketayotib, shifoxona qanday ekan, deb kirdim. Holatni o‘zim ko‘rib, oddiy odamlar bilan ko‘proq muloqot qilib, qaror qabul qilish – mening eng katta maqsad-muddaom.
Avval ham aytganimdek, ta’lim bilan tibbiyot sifatli bo‘lsa, odamlar rozi bo‘ladi. Ko‘p joylarda shifoxonalarni yaxshi qildik. Lekin Qarshi tumanidagi sharoit menga ma’qul emas. Bugun ko‘rganlarimdan xulosa qilib, bu yerda yangi shifoxona quramiz», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mutasaddilarga bo‘lajak majmua o‘rni va loyihasi bo‘yicha taklif kiritish vazifasi qo‘yildi. Kelgusida u eng zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlanadi va dori vositalari bilan bepul ta’minlanadi. Tuman tibbiyot birlashmasida ishlaydigan bir guruh shifokor va hamshiralar xorijga malaka oshirishga yuboriladi. Shu tariqa, bu maskan boshqa tuman shifoxonalari xodimlari uchun o‘quv-amaliyot markaziga aylanadi.
Shuningdek, tashrif chog‘ida kadrlar salohiyatini va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, shifoxona atrofini tartibga keltirish masalalari ham aytib o‘tildi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Netanyahu sizni urushga boshlamoqda»: Taker Karlson Eron prezidentidan intervyu oldi
Jahon | 08:07
-
«PSJ» «Real»ga ham hech qanday imkon qoldirmadi va 4 ta javobsiz gol urdi
Sport | 08:07
-
YeI Bolgariyaning yevroga o‘tishini yakuniy tarzda ma’qulladi
Jahon | 08:05
-
Ftiziatriya dispanserida 1,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
Jamiyat | 08:02
Mavzuga oid

16:53 / 09.07.2025
Barcha tashkilot va mahallalardagi asossiz qo‘yilgan taqiqlovchi belgilarni olib tashlash topshirildi

16:33 / 09.07.2025
«Surunkali qoidabuzarlar»: muntazam ravishda qoidabuzarlik qiladigan haydovchilarga jarimadan chegirma berilmaydi

16:28 / 09.07.2025
«Men ham 15–20 daqiqa tirbandlikda turdim» – prezident

15:36 / 09.07.2025