Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avariyalarni kamaytirish uchun yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga jiddiy e’tibor qaratiladi
«Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda» respublika jamg‘armasi mablag‘lari birinchi galda avariya o‘choqlari bo‘lgan xavfli uchastkalarni tartibga solishga yo‘naltiriladi. Radarlar orqali budjetga tushadigan mablag‘ning 25 foizi ham shu jamg‘armaga o‘tkaziladi.

Foto: Kun.uz
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va tirbandlikni kamaytirish bo‘yicha videoselektorda qayerda hokim va YHXX birgalikda yo‘l infratuzilmasi bilan jiddiy shug‘ullansa, o‘sha yerda o‘zgarish kuzatilayotgani qayd etildi.
Misol uchun, Chustdan o‘tgan D-105 Farg‘ona halqa yo‘lining 6 kilometriga muhofaza to‘siqlari o‘rnatilgani uchun bu yil o‘lim bilan bog‘liq avariya bo‘lmadi (ilgari bu yo‘lda yiliga 10 nafar odam vafot etardi).
Prezident topshirig‘iga ko‘ra, xalqaro va davlat ahamiyatidagi yo‘llar holati o‘rganildi.
1 ming 557 kilometr yo‘llarda beton va temir to‘siqlar, 967 kilometr trotuar, 38 mingta yo‘l belgisi yetishmasligi aniqlandi.
Shu munosabat bilan prezident yo‘l infratuzilmasini yaxshilash orqali avariyalarni kamaytirish bo‘yicha «Xavfsiz yo‘l» milliy dasturi boshlanishini e’lon qildi.
«Xavfsiz yo‘l» milliy dasturi doirasida «Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda» respublika jamg‘armasi faoliyati qayta tashkil qilinib, hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi.
Har bir viloyatda jamg‘armaning alohida filiallari bo‘ladi.
Bu yil jamg‘armaga barcha manbalar hisobidan 400 milliard so‘m tushishi prognoz qilingan.
Bunga qo‘shimcha, foto-video radardan budjetga tushadigan jarimaning 25 foizi ham jamg‘arma va uning filiallariga yo‘naltiriladi.
YHXX tizimidagi yo‘l belgilari va svetofor o‘rnatish, yo‘l chiziqlarini chizishga mas’ul korxonalar ham viloyatga o‘tkaziladi.
Jamg‘arma faoliyati shaffof bo‘lishi, unga viloyat YHXB va yo‘l boshqarmasi boshliqlari, jamoatchilik vakillari kirishi qayd etilgan.
Bundan buyon ushbu jamg‘arma mablag‘lari birinchi galda avariya o‘choqlari bo‘lgan xavfli uchastkalarni tartibga solishga yo‘naltiriladi (yo‘lni ajratuvchi to‘siqlar, yo‘l belgilari, yoritgichlar o‘rnatish, piyoda yo‘laklari tashkil qilish, chorrahalarni raqamlashtirish).
Eng muammoli uchastkalarni aholi va jamoatchilik fikrini o‘rganish asosida aniqlash maqsadida alohida elektron portalni ishga tushirish topshirildi.
Tuman hokimlari, ichki ishlar rahbarlari ushbu portalga qayerga belgi, chiziq, piyoda yo‘lagi va svetofor kerakligi haqidagi ma’lumotni smeta bilan ochiq joylashtiradi.
Aholi ham ushbu ro‘yxatni to‘ldirishi, loyihalarga ovoz berishi mumkin bo‘ladi. Portalga qilingan ishlarning video va fotosuratlari qo‘yiladi, buni aholi baholaydi.
Jamg‘arma mablag‘ini shakllantirishda barcha viloyat va tumanlarning imkoniyati bir xil emasligi ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois, jamg‘armaga mablag‘larni loyihalarni moliyalashtirish uchun viloyat va tumanlarga taqsimlash vakolati beriladi.
Ichki yo‘llarni tartibga olish uchun viloyat va tuman hokimlari mas’ul bo‘ladi.
Respublika va xalqaro yo‘llarda 1 ming 200 dan ortiq qayrilib olish joyi bo‘lsa, shundan faqatgina 146 tasida yer osti va yer ustidan qayrilib olish yo‘llari bor, 10 mingdan ziyod piyoda o‘tish joylarining atigi 154 tasi yer osti va usti orqali tashkil etilgan.
Shu bois 1 oktyabrga qadar Toshkent – Samarqand – Termiz, Toshkent – vodiy, Samarqand – Buxoro yo‘nalishidagi xalqaro yo‘llarning xavfsizlik talablariga mosligi o‘rganiladi.
Yil yakunigacha qancha yer osti va yer usti qayrilish hamda piyodalar o‘tish joylari, zamonaviy nur qaytaruvchi yo‘l belgilari va chiziqlari kerakligi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asos ishlab chiqiladi.
Kelgusi yilda xalqaro moliya tashkilotlaridan mablag‘ jalb qilish prognoziga bu maqsadlar uchun 200 million dollar kiritiladi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
G‘azoga gumanitar yordam: Mers Netanyahudan yangi qadamlar talab qildi
Jahon | 09:26
-
O‘zbekistonning birinchi elchisi Shri-Lanka prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekiston | 09:14
-
Vuchich rejissyor Kusturitsani davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi
Jahon | 08:31
Mavzuga oid

10:02 / 26.07.2025
Nurafshon ko‘chasida beton ustunga borib urilgan "Spark" haydovchisi vafot etdi

11:58 / 24.07.2025
Farg‘onada avtomobil daraxtga urilishi oqibatida yo‘lovchi halok bo‘ldi

13:20 / 23.07.2025
Ohangaronda yuk mashinasi YTH joyida ishlayotgan inspektorlar mashinasini urib yubordi

18:33 / 22.07.2025