Uzbekistan Airports'ning Silk Avia'dagi ulushi Uzbekistan Helicopters'ga o‘tdi
Silk Avia aviakompaniyasining 100 foiz ulushi Uzbekistan Airports'dan olinib, Uzbekistan Airways'ning sho‘basi bo‘lmish Uzbekistan Helicopters'ga berildi.

Foto: Uzbekistan Airports
“Aviatsiya faoliyatini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, “Silk Avia” MChJ ustav kapitalidagi “Uzbekistan Airports” AJning 100 foiz ulushi uning brendini saqlab qolgan holda “Uzbekistan Airways” AJ tarkibidagi “Uzbekistan Helicopters” MChJ ustav kapitaliga o‘tkaziladi.
Shuningdek:
- Uzbekistan Airports'ning 3 ta ATR72-600 rusumli havo kemasi Silk Avia'ga beg‘araz o‘tkaziladi;
- Silk Avia faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish doirasida ATR72-600 rusumli havo kemalari soni oshiriladi;
- Uzbekistan Airways tarkibidagi Uzbekistan Helicopters zimmasiga mahalliy aviaqatnovlarning sonini oshirish, parvozlar geografiyasini kengaytirish, yangi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish hamda ATR72-600 rusumli havo kemalari parkini rivojlantirish vazifalari yuklanadi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Misr Sulton Sayfiddin Qutuz haqida film yaratishi mumkin
O‘zbekiston | 09:03
-
Barselonada 100 yil ichidagi eng issiq iyun oyi kuzatildi
Jahon | 08:50
-
Isroil G‘azo janubidagi Xon-Yunus aholisi evakuatsiyasini talab qilmoqda
Jahon | 08:07
-
Xitoy YeIni «global barqarorlik» uchun o‘zaro hamkorlikka chaqirdi
Jahon | 08:03
Mavzuga oid

17:55 / 23.06.2025
Toshkent aeroportida kapsula mehmonxona ochildi

21:35 / 09.06.2025
Toshkent xalqaro aeroportida elektr ta’minoti yarim soatga uzilib qoldi

17:26 / 05.06.2025
O‘zbekiston aeroportlarida unutib qoldirilgan yuklar sotilishi aytilgan xabarlar rad etildi

17:48 / 13.05.2025